MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi kecha Hindiston poytaxti Dehlida axboriy taqdimot o‘tkazdi. Unda Redmi Note 8 va Note 8 Pro smartfonlarining Hindistonda sotuvga chiqarilganligi va narxlari haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, kompaniya yangi MIUI 11 interfeysini tanishtirib, ungacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yhati bilan o‘rtoqlashdi.

Taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, MIUI 11'ni qabul qiluvchi smartfonlar ro‘yhati 28 ta mobil qurilmadan iborat. 

Birinchi bosqich jo‘natmalari 22 oktyabrdan boshlanadi.

To‘liq ro‘yhatni quydagi jadvaldan ko‘rishingiz mumkin:

1-bosqich (22—31-oktyabr)

•Pocophone F1

•Redmi K20

•Redmi Y3

•Redmi 7

•Redmi Note 7

•Redmi Note 7s

•Redmi Note 7 Pro

2-bosqich (4—12-noyabr)

•Redmi K20 Pro

•Redmi 6

•Redmi 6 Pro

•Redmi 6A

•Redmi Note 5

•Redmi Note 5 Pro

•Redmi 5

•Redmi 5A

•Redmi Note 4

•Redmi Y1

•Redmi Y1 Lite

•Redmi Y2

•Mi Mix 2

•Mi Max 2

3-bosqich (13—29-noyabr)

•Redmi Note 6 Pro

•Redmi 7A

•Redmi 8

•Redmi 8A

•Redmi Note 8

4-bosqich (18—26-dekabr)

•Redmi Note 8 Pro

Xiaomi bu sanalar hozirgi sinov rejasiga asoslanganligini, haqiqiy sanalar bundan biroz farq qilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. Yangi interfeysning boshqa bozorlarga qachon jo‘natilishini bilish uchun bu yerga bosing.

Hasanboy Umarov tayyorladi.

O‘QING: 15 xil Xiaomi smartfonlari endi yangilanmaydi, 20 xildagisi uchun MIUI ishlab chiqish to‘xtatildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!