MIUI 12 global proshivkasining tarqatilish grafigini Xiaomi rasman e’lon qildi!
Xiaomi korporatsiyasi MIUI 12 grafik qobig‘ini kecha – 19 may kuni global versiyada taqdim etdi. Shu bilan birga, uni qabul qiluvchi naq 67 xil rusumdagi smartfon ro‘yxati ham chiqdi.
O‘QING: Xiaomi kutilmaganda MIUI’dan reklamani olib tashlayapti!
Onlayn taqdimot marosimida Xiaomi o‘zining global proshivkali smartfonlari MIUI 12 versiyasigacha yangilanish grafigini ham rasman e’lon qildi.
MIUI 12 proshivkasining tarqatilishi Xitoyda ikki bosqichda amalga oshirilayotgan bo‘lsa, uning global versiyasi turli modellarga ikkita «to‘lqin»da taqdim etiladi. Birinchi bosqich iyun oyidayoq boshlanib, unda Mi 9, Mi 9T, Mi 9T Pro, Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari yangilanadi. Aytish kerakki, Xiaomi ayni shu beshta modeldagi qurilmalar egalarini mayning ilk haftasidanoq MIUI 12 testlariga rasman taklif etgan.
O‘QING: 28 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga hoziroq «global» MIUI 12 proshivkasini yuklab olishingiz mumkin!
MIUI 12 tarqatilishining ikkinchi bosqichi muddatlari aytilmagan bo‘lsa-da, Xiaomi unda mazkur apdeytni oluvchi smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi:
- Pocophone F1 / Poco F1
- Poco F2 Pro
- Poco X2
- Redmi Y2
- Redmi Y3
- Redmi S2
- Redmi 6
- Redmi 6A
- Redmi 6 Pro
- Redmi 7
- Redmi 7A
- Redmi 8
- Redmi 8A
- Redmi 8A Dual
- Redmi Note 5
- Redmi Note 5 Pro
- Redmi Note 6 Pro
- Redmi Note 7
- Redmi Note 7S
- Redmi Note 7 Pro
- Redmi Note 8
- Redmi Note 8T
- Redmi Note 8 Pro
- Redmi Note 9
- Redmi Note 9S
- Redmi Note 9 Pro
- Redmi Note 9 Pro Max
- Mi 8
- Mi 8 Pro
- Mi 8 Lite
- Mi 9 SE
- Mi 9 Lite
- Mi 10
- Mi 10 Pro
- Mi 10 Lite
- Mi Note 3
- Mi Note 10
- Mi Note 10 Lite
- Mi Max 3
- Mi Mix 2
- Mix 2S
- Mi Mix 3
Global versiyadagi MIUI 12 beta-testlari kelasi haftada boshlanadi. Unda ishtirok etish uchun Mi Community ilovasini mana bu havola orqali o‘rnatib olishingiz va ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.