MIUI 12 hamda Android 11’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ikkita ro‘yxatda!

  •   DiMaX
  •  7470
  •  13.03.2020 13:54

MIUI 12 hamda Android 11’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ikkita ro‘yxatda!

Google kompaniyasi shu yilning fevralida dasturchilar uchun birinchi Android 11 Developers Preview proshivkasini chiqargan edi. Garchi uning barqaror versiyasi taqdimotiga ikki oycha vaqt bo‘lsa-da, allaqachon Android 11’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ro‘yxati tarqaldi.

O‘QING: Allaqachon Android 11’da ishlayotgan smartfonni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Xabarga ko‘ra, Xiaomi’ning quyidagi modellari MIUI 12 grafik qobig‘igacha yangilanadi:

  1. Pocophone F1
  2. Pocophone X2
  3. Pocophone X2 Pro
  4. Xiaomi Mi 10
  5. Xiaomi Mi 10 Pro
  6. Xiaomi Mi 8
  7. Xiaomi Mi 9
  8. Xiaomi Mi 9 Lite
  9. Xiaomi Mi 9 SE
  10. Xiaomi Mi 9T
  11. Xiaomi Mi 9T Pro
  12. Xiaomi Mi Max 3
  13. Xiaomi Mi Mix
  14. Xiaomi Mi Mix 2
  15. Xiaomi Mi Mix 2S
  16. Xiaomi Mi Mix 3
  17. Xiaomi Mi Note 3
  18. Xiaomi Mi Note 10
  19. Xiaomi Mi Note 10 Pro
  20. Xiaomi Redmi 6
  21. Xiaomi Redmi 6A
  22. Xiaomi Redmi 7
  23. Xiaomi Redmi 7A
  24. Xiaomi Redmi 8
  25. Xiaomi Redmi Note 5
  26. Xiaomi Redmi Note 6 Pro
  27. Xiaomi Redmi Note 7
  28. Xiaomi Redmi Note 7 Pro
  29. Xiaomi Redmi Note 8
  30. Xiaomi Redmi Note 8 Pro
  31. Xiaomi Redmi Note 8T
  32. Xiaomi Redmi Note 9 Pro
  33. Xiaomi Redmi Note 9 Pro Max
  34. Xiaomi Redmi Note Pro
  35. Xiaomi Redmi S2

Aytish kerakki, yuqoridagi ro‘yxatga kiritilgan smartfonlarda MIUI 12 proshivkasi yangi – Android 11 (yoki Android R) emas, balki oldingi versiyalardagi operatsion tizim bazasiga qurilgan bo‘lishi ham mumkin.

O‘QING: Kutilmaganda Android 11 taqdimot tadbiri ham bekor qilindi!

«Xitoycha Apple»ning mana bu smartfonlari esa aynan Android 11 asosida tayyorlangan MIUI 12 proshivkasigacha yangilanadi:

  1. Pocophone F1
  2. Pocophone X2
  3. Pocophone X2 Pro
  4. Xiaomi Mi 10
  5. Xiaomi Mi 10 Pro
  6. Xiaomi Mi 8
  7. Xiaomi Mi 9
  8. Xiaomi Mi 9 Lite
  9. Xiaomi Mi 9 SE
  10. Xiaomi Mi 9T
  11. Xiaomi Mi 9T Pro
  12. Xiaomi Mi Mix 2
  13. Xiaomi Mi Mix 2S
  14. Xiaomi Mi Mix 3
  15. Xiaomi Mi Note 10
  16. Xiaomi Mi Note 10 Pro
  17. Xiaomi Redmi Note 8
  18. Xiaomi Redmi Note 8 Pro
  19. Xiaomi Redmi Note 8T
  20. Xiaomi Redmi Note 9 Pro
  21. Xiaomi Redmi Note 9 Pro Max

To‘g‘ri, bu – hozircha norasmiy ma’lumot, ammo mazkur ro‘yxat avvalgi yangilanishlarning tahliliga asoslangan, deb yozadi uni e’lon qilgan TuexpertoMOVIL.

O‘QING: Xiaomi’ning ushbu smartfoniga kelgan yangilanish uni «g‘isht»ga aylantirdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.