MIUI 12.5 Enhanced Edition taqdim etildi: 13 avgustdan u 12 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga keladi

  •   DiMaX
  •  1147
  •  11.08.2021 17:37

MIUI 12.5 Enhanced Edition taqdim etildi: 13 avgustdan u 12 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga keladi

Xiaomi korporatsiyasi 10 avgustdagi taqdimot marosimida ekranosti kamera va boshqa innovatsiyalar bilan ta’minlangan Mi Mix 4 flagmanini va boshqa gadjetlarini namoyish etgan. Kompaniya mazkur marosimda yana MIUI 13 grafik qobig‘ini ham taqdim etishi kutilayotgan edi, lekin uning o‘rniga MIUI 12.5 qobig‘ining yaxshilangan versiyasi anonsi berildi.

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini birinchi to‘lqinda mana shu 12 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari oladi

Grafik qobiqning yaxshilangan talqini rasman MIUI 12.5 Enhanced Edition deb nomlangan. Unga butkul yangi biror funksiya qo‘shilmagan esa-da, barcha darajalarda optimizatsiya qilingan.

MIUI 12.5 Enhanced Edition avgustning 13-sanasidanoq quyidagi 12 ta rusumdagi Xiaomi hamda Redmi mobil qurilmalariga tarqatiladi:

Ko‘rib turganingizdek, yaxshilangan grafik qobiq asosidagi proshivkalar Mi Mix 4 flagmaniga, Mi 11 hamda Mi 10 turkumlari vakillariga, shuningdek, Redmi K40, Redmi K40 Pro, Redmi K30S Extreme Commemorative Edition hamda Redmi K30 Pro smartfonlariga keladi.

Xiaomi’ning ta’kidlashicha, MIUI 12.5 Enhanced Edition mobil qurilma protsessoriga yuklamani 15 foizga pasaytiradi va o‘rta hisobda 8 foiz quvvatni tejaydi. Unda fondagi jarayonlarni boshqarish yaxshilangan, umuman, yangi dasturiy ta’minotga tizim darajasidagi 160 ta takomillashtirish joriy etilgan.

O‘QING: MIUI+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi 34 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfoni

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!