MIUI 12.5 global proshivkasi qaysi Xiaomi va Redmi smartfoniga qachon keladi?

  •   DiMaX
  •  4512
  •  11.02.2021 09:27

MIUI 12.5 global proshivkasi qaysi Xiaomi va Redmi smartfoniga qachon keladi?

Xiaomi kompaniyasi 8 fevral kuni o‘zining amaldagi flagmani – Xiaomi Mi 11 modelining xalqaro bozorga mo‘ljallangan versiyasini namoyish qildi. Ushbu tadbirda Xiaomi Mi 11 Pro va hattoki Mi 11 Pro+ flagmanlarining ham taqdimoti kutilayotgan edi, lekin unday bo‘lmadi. Biroq oraliq talqindagi – MIUI 12.5 grafik qobig‘ining global versiyasi keng jamoatchilikka ko‘rsatildi.

O‘QING: 25 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarida global MIUI 12.5 beta-sinovi boshlandi!

Ishlab chiqaruvchi global versiyali MIUI 12.5 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalarni o‘zining smartfonlariga ikki to‘lqinda tarqatishini e’lon qildi.

Demak, birinchi to‘lqinda – joriy yilning 2-choragi boshida quyidagi smartfonlar yangilana boshlaydi:

  1. Xiaomi Mi 10T
  2. Xiaomi Mi 10T Pro
  3. Xiaomi Mi 10
  4. Xiaomi Mi 10 Pro
  5. Xiaomi Mi 11

O‘QING: Taqdimotdan oldin Xiaomi Mi 11 Pro hamda Mi 11 Pro+ narxlari va xususiyatlari aniq bo‘ldi

Keyingi bosqichda, ikkinchi kvartalning oxiridan esa global MIUI 12.5 bazasidagi proshivkalar mana bu modellarga uzatiladi:

  1. Xiaomi Mi 10 Lite 5G
  2. Xiaomi Mi 10T Lite
  3. Xiaomi Mi Note 10 Pro
  4. Xiaomi Mi Note 10
  5. Xiaomi Mi Note 10 Lite
  6. Redmi Note 9T
  7. Redmi Note 9 Pro
  8. Redmi Note 9S
  9. Redmi Note 9
  10. Redmi Note 8 Pro
  11. Redmi 9

Demak, dastlabki ikki to‘lqinda ushbu o‘n olti xil modeldagi qurilmalar yangi proshivkani qabul qiladi; MIUI 12.5 asosidagi apdeytning yana qaysi smartfonlarga va qachon kelishini esa kompaniya keyinroq aytadi.

Mazkur apdeyt keyinroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan ushbu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi bitta flagmani va bitta arzon smartfoniga Android 11 asosidagi MIUI 12 tarqatyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.