MIUI 12.5 relizi rasman e’lon qilindi: aprel-may oylarida yangilanuvchi 25 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari

  •   DiMaX
  •  1912
  •  07.04.2021 10:00

MIUI 12.5 relizi rasman e’lon qilindi: aprel-may oylarida yangilanuvchi 25 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari

Xiaomi kompaniyasi kecha – 6 aprel kuni o‘tkazilgan Mi Fan Open Day tadbirida MIUI 12.5 grafik qobig‘ining yakuniy versiyasi tarqatilish kunini aytdi. Unga ko‘ra, yangi proshivkani shu oyning so‘nggi kuni – 30 aprel sanasida taqdim etishadi va birinchi partiyada beshta rusumdagi smartfonlarga yuborishadi.

O‘QING: Global MIUI 12.5 proshivkasini 25 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga hoziroq yuklab olish mumkin!

Aytish kerakki, hozirda beshta rusumdagi smartfonlar uchun MIUI 12.5 asosidagi «barqaror» xitoycha proshivka tarqatilgan. Bular quyidagilardir:

  1. Xiaomi Mi 10
  2. Xiaomi Mi 10 Pro
  3. Xiaomi Mi 10 Ultra
  4. Xiaomi Mi 11
  5. Xiaomi Mi 9S

Biroq bu proshivkalar yakuniy emas, balki «barqaror beta» maqomida, ya’ni hali oxiriga yetmagan bo‘lib, kam sonli foydalanuvchilarga tarqatilgan. Ularda aniqlangan kamchiliklar tuzatilib, 30 aprelda haqiqatan barqaror MIUI 12.5 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalar ayni shu beshta modeldagi qurilmalarga to‘liq taqdim etiladi.

O‘QING: ENDI RASMAN: jami 47 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi ochildi!

Xabarlarga ko‘ra, yakuniy versiyadagi MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi proshivkalar tarqatilishining ikkinchi to‘lqini may oyining oxirida boshlanadi. Bu bosqichda yangilanadigan modellarning (hozircha norasmiy) ro‘yxati esa quyidagichadir:

Ta’kidlab o‘tish zarurki, mazkur apdeyt relizi ham, yuqoridagi ikkita ro‘yxat mahalliy bozorga tegishli. Ya’ni, yakuniy MIUI 12.5 bazasidagi yangilanishlar hozircha faqat Xitoydagi yoki xitoycha proshivkali smartfonlarga tarqatiladi. Global talqindagi MIUI 12.5 relizi hamda unga asoslanuvchi smartfonlarning dunyo miqyosida yangilanishi esa keyinroq bo‘lib o‘tadi.

MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi proshivkalar keyinroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan ushbu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Atigi 150 dollarlik 5G-smartfon – Redmi 20X surati, xususiyat va ranglari rasmiy posterda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!