MIUI 12.5 yakuniy proshivkasi yettita Xiaomi smartfoniga muddatidan oldin kela boshladi!

  •   DiMaX
  •  2212
  •  22.04.2021 10:06

MIUI 12.5 yakuniy proshivkasi yettita Xiaomi smartfoniga muddatidan oldin kela boshladi!

«Xitoycha Apple» 6 aprel kuni o‘tkazilgan Mi Fan Open Day tadbirida MIUI 12.5 grafik qobig‘ining yakuniy versiyasi tarqatilish kunini aytgan. Biz ushbu proshivkaga aprel-may oylarida yangilanuvchi 25 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxatini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Uch yillik Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

E’lon qilingan rasmiy grafikka ko‘ra, MIUI 12.5 yakuniy talqiniga asoslangan proshivkalar birinchi to‘lqinda beshta rusumdagi Xiaomi smartfonlariga, 30 aprelda uzatila boshlashi kerak edi. Lekin ishlab chiqaruvchi bu apdeytlarni muddatidan bir hafta oldin tarqata boshladi! Tag‘in beshta emas, balki yettita rusumdagi qurilmalarga:

  1. Xiaomi Mi 11 Pro
  2. Xiaomi Mi 11 Ultra
  3. Xiaomi Mi 11
  4. Xiaomi Mi 10
  5. Xiaomi Mi 10 Pro
  6. Xiaomi Mi 10 Ultra
  7. Xiaomi Mi 9S

Ta’kidlash kerakki, ushbu smartfonlarning hozircha faqat Xitoy hududidagi va xitoycha proshivkali versiyalariga yangilanish kela boshlagan. Global versiyali smartfonlarga yakuniy talqindagi MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi barqaror proshivkalar keyinroq tarqatiladi.

MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi proshivkalar keyinroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan ushbu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: ENDI RASMAN: jami 47 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi ochildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!