MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)

  •   DiMaX
  •  6867
  •  02.05.2020 13:54

MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)

«Xitoycha Apple» o‘zining MIUI 12 grafik qobig‘ini taqdim etganidan keyingi bir sutkadayoq milliondan oshiq Xiaomi va Redmi smartfonlariga yuklab olishgan. Uning «super oboy»lari tushadigan smartfonlar ro‘yxatini hamda «jonli oboy»larni yuklab olish uchun havolalarni e’lon qilganmiz.

O‘QING: 33 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga hoziroq MIUI 12 o‘rnata olasiz! (tayyor havolalar)

Yangi grafik qobiqdagi muhim o‘ziga xosliklardan biri – «super oboy»lar (Super Wallpaper) hattoki shu kompaniyaning o‘zi chiqargan smartfonlarning hammasida ham ishlamas ekan. Lekin tinib-tinchimagan XDA Developers resursidagi shovvozlar buning ham yo‘lini topishibdi – bu oboylarning APK-faylini e’lon qilishdi!

Super Wallpaper’ni endi nafaqat Xiaomi, Redmi va Pocophone brendlarining telefonlariga, balki istalgan kompaniyaning «yashil robotchali» har qanday smartfoniga o‘rnatib olish mumkin. Faqat bittagina sharti bor – buning uchun qurilmangiz Android 8.1 Oreo yoki undan keyingi operatsion tizim talqinida ishlayotgan bo‘lishi kerak.

Mazkur oboyning APK-faylini o‘z ichiga olgan ZIP-arxivni mana bu havola orqali yuklab olasiz, hajmi taxminan 300 megabayt keladi. Unga ikkita – Yer va Mars tasvirlangan «super oboy»lar kiritilgan. APK-faylni arxivdan chiqarib, mustaqil tarzda o‘rnatib olganingizdan so‘ng u smartfoningizdagi oboylarning standart sozlamalarida paydo bo‘ladi.

O‘QING: Quvvati 2 kunga yetuvchi Xiaomi Mi Note 10 Lite chiqdi: ilg‘or xususiyatlar va arzon narx!

Quyida esa Super Wallpaper’ning OPPO Find X2 Pro modelida ishlashini «jonli» videoda ko‘ramiz:

Eslatma: ayrim rusumlardagi Xiaomi smartfonlarining sozlamalarda ham Super Wallpaper ko‘rinmay turishi mumkin. Bu holda Google kompaniyasining «Oboylar» ilovasini mana bu havola orqali o‘rnatib olsangiz, unda ko‘rinadi.

O‘QING: Xiaomi uchta ommabop smartfonini ancha arzonlashtirib sotyapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!