MIUI 13 grafik qobig‘ida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

MIUI 13 grafik qobig‘ida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Avvalroq insayderlar MIUI 12 bilan taqqoslaganda yangi MIUI 13 grafik qobig‘ida katta o‘zgarishlar bo‘lmasligini ma’lum qilishgan edi. Biroq MIUI 13'ning taqdimot sanasi yaqinlashib kelayotgani sabab, u haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. 

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, MIUI 13 tizimida bir necha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 

Misol uchun, Xiaomi bir vaqtda bir nechta ilovadan foydalanish usulini o‘zgartirdi. Endi yangi grafik qobig‘da bitta belgini boshish orqali istalgan ilovadan qaydlar olish, video ko‘rish hamda o‘yin o‘ynash uchun yangi uskunalar paneli bo‘ladi. 

Shuningdek, MIUI 13'da kamera sozlanmalari oxirgi marta foydalanuvchi qaysi kameradan foydalanganini eslab qoladi. Ma’lum vaqt o‘tgach agar kamera ilovasidan yana foydalanilsa, u oxirgi foydalanilgan kamerani avtomatik ravishda ishga tushiradi. Misol uchun, foydalanuvchi ultrakeng kameradan foydalandi. Ma’lum bir vaqtdan so‘ng, u yana kamera ilovasidan foydalansa, ilova asosiy kamerani emas, balki ultrakeng kamerani ishga tushiradi. 

Bundan tashqari, yangi grafik qobig‘ga akkumulyatorni haroratini ko‘rsatib turuvchi indikator qo‘shiladi, Galeriya ilovasining dizayni o‘zgaradi, Windows operatsion tizimida ishlaydigan kompyuter yoki noutbukga tezkor ma’lumotlarni uzatish rejimi yaxshilanadi, grafik interfeysda ham ko‘plab yangiliklar paydo bo‘ladi. 

O‘QING: Xiaomi 12'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!