MIUI 13 grafik qobig‘iga o‘tuvchi Xiaomi smartfonlarining rasmiy ro‘yxati e’lon qilindi

MIUI 13 grafik qobig‘iga o‘tuvchi Xiaomi smartfonlarining rasmiy ro‘yxati e’lon qilindi

28-dekabr sanasida Xiaomi yangi smartfonlar bilan bir qatorda yangi MIUI 13 grafik qobig‘ini taqdim etdi. 

Taqdimotdan so‘ng, ushbu grafik qobig‘ni qabul qiluvchi ilk smartfonlar ro‘yxati ham ma’lum bo‘ldi. 

Yangi tizimda bir qancha o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Misol uchun, kuchaytirilgan xavfsizlik tizimi, yangilangan vidjet va fon rasmlar, shuningdek, Mi Sans shrifti shular jumlasidan. 

Global versiyadagi smartfonlarga MIUI 13 grafik qobig‘i 2022-yilning birinchi choragida jo‘natiladi. Ushbu smartfonlar ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

Xiaomi Mi 11

Xiaomi Mi 11 Ultra

Xiaomi Mi 11i

Xiaomi Mi 11X Pro

Xiaomi Mi 11X

Xiaomi 11T Pro

Xiaomi 11T

Xiaomi Mi 11 Lite

Xiaomi Mi 11 Lite 5G

Xiaomi 11 Lite 5G NE

Xiaomi 11 Lite NE

Xiaomi Pad 5

Redmi 10

Redmi 10 Prime

Redmi Note 8 (2021)

Redmi Note 10 Pro

Redmi Note 10 Pro Max

Redmi Note 10

Redmi Note 10 JE

O‘QING: Xiaomi 12, 12 Pro va 12X smartfonlari taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.