MIUI 13 interfeysining ilk videosi hamda unga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va POCO smartfonlari ro‘yxati chiqdi!

  •   DiMaX
  •  7730
  •  26.09.2020 16:38

MIUI 13 interfeysining ilk videosi hamda unga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va POCO smartfonlari ro‘yxati chiqdi!

Xiaomi hali o‘zining smartfonlariga MIUI 12 grafik qobig‘i asosidagi proshivkalarni to‘liq tarqatib ulgurgani yo‘q. Lekin korporatsiya keyingi – MIUI 13 versiyasini tayyorlashga shu yil bahordayoq kirishgan va biz uning dastlabki skrinshotlarini chiqarganmiz.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlariga MIUI 12 tarqatilishining uchinchi to‘lqini boshlandi

Endi esa hali rasman namoyish qilinmagan MIUI 13 grafik qobig‘ining interfeysidan olingan birinchi videolavha ham internetga chiqdi.

Aytish kerakki, «Xitoycha Apple» bu grafik qobiq haqida hali shu yilning oxirida yoki 2021 yilning boshidagina rasman ma’lumot berishi kutilmoqda. Uning rasmiy taqdimoti esa keyingi yilning o‘rtalarida bo‘lib o‘tishi kerak.

O‘QING: Eski modellardagi 14 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 12 kela boshladi

Shu bilan birga, MIUI 13 asosidagi proshivkagacha yangilanadigan smartfonlarning ham dastlabki ro‘yxati paydo bo‘ldi:

  1. Xiaomi Mi Note 10
  2. Xiaomi Mi Note 10 Pro
  3. Xiaomi Mi 10
  4. Xiaomi Mi 10 Pro
  5. Xiaomi Mi Mix 2
  6. Redmi K30 5G
  7. Redmi K30 4G
  8. Redmi K30 Pro
  9. Redmi K20
  10. Redmi K20 Pro
  11. Redmi 8
  12. Redmi 8A
  13. Redmi 7A
  14. Redmi 6
  15. Redmi 6 Pro
  16. Redmi 6A
  17. Redmi 5
  18. Redmi 5A
  19. Redmi 4
  20. Redmi Note 8
  21. Redmi Note 8 Pro
  22. Redmi Note 6 Pro
  23. Redmi Note 5
  24. Redmi Note 5 Pro
  25. Redmi Note 4
  26. Redmi Y1
  27. Redmi Y1 Lite
  28. Redmi Y2
  29. POCO F1
  30. POCO X2

Qizig‘i – yuqoridagi ro‘yxatda Redmi 4 va Redmi Note 4 singari eski modellar ham bor, lekin negadir Redmi 9 turkumi vakillari yo‘q. Biroq mazkur ro‘yxatning rasmiy emasligini ham inobatga olishimiz darkor.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Redmi o‘ninchi avlod eng arzon smartfonini biryo‘la MIUI 12 bilan chiqardi!