MIUI 13 proshivkali ilk smartfon – Xiaomi Mi Mix 4 sertifikatlandi (+xususiyatlari)

  •   DiMaX
  •  889
  •  15.06.2021 12:06

MIUI 13 proshivkali ilk smartfon – Xiaomi Mi Mix 4 sertifikatlandi (+xususiyatlari)

Xiaomi smartfonlari uchun keyingi avlod – MIUI 13 grafik qobig‘ining ham qachon chiqishi ma’lum bo‘lgan. Qadoqdanoq ushbu proshivka bilan taqdim etiladigan model esa inqilobiy Xiaomi Mi Mix 4 flagmani bo‘ladi, deyishmoqda.

O‘QING: Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

So‘nggi yangiliklarga ko‘ra, Xiaomi Mi Mix 4 smartfoni joriy yilning ikkinchi yarmida rasman taqdim etiladi. Mazkur qurilma yaqindagina Xitoyning 3C regulyatorida sertifikatlandi va shunda uning har biri 2430 mA/soatlik ikkita akkumulyatorga ega ekanligi aniq bo‘ldi.

Bundan tashqari, manbalar Xiaomi Mi Mix 4 flagmanining biryo‘la yangi – MIUI 13 grafik qobig‘i bilan chiqishini aytishmoqda. Xiaomi mobil telefonlar uchun tizim dasturiy ta’minoti bo‘limi direktori Chjan Gotsyuan so‘zlariga ko‘ra, ushbu proshivka muxlislarning hafsalasini pir qilmaydi. Ya’ni, MIUI 12.5 grafik qobig‘i tufayli fanatlar tomonidan aytilayotgan noroziliklar yangi proshivkada bo‘lmaydi.

O‘QING: Snapdragon 895 chipli birinchi smartfon – Xiaomi Mi 12 Ultra haqida ilk ma’lumotlar

Xiaomi Mi Mix 4 modelida kompaniya yashirin kamera texnologiyasini qo‘llashi kutilmoqda. Ushbu telefon Snapdragon 888 (yoki Snapdragon 888 Pro) protsessori bazasida tayyorlanib, NFC chipi hamda stereodinamiklar bilan ta’minlanishi mumkin. Uning korpusi suv o‘tkazmaydigan himoyaga ega bo‘lishi ehtimoli ham mavjud.

Insayderlarning yozishlaricha, Xiaomi Mi Mix 4 simsiz usulda 50 vattdan yuqori (ehtimol – 70 vattlik) tezkor quvvatlana oladi. Uning simli usulda tezkor zaryadlanishi esa 120 vattdan oshiq bo‘lishi kerak.

O‘QING: Snapdragon 888 Pro benchmarkda: uning «oddiy» Snapdragon 888 flagmanidan farqi nimada?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.