MIUI 13 proshivkasini birinchi to‘lqinda mana shu 12 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari oladi

  •   DiMaX
  •  2251
  •  05.08.2021 14:47

MIUI 13 proshivkasini birinchi to‘lqinda mana shu 12 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari oladi

Xiaomi bosh direktori yaqinda MIUI 13 proshivkasining shu yil oxirigacha tarqatila boshlashini aytgan. 10 avgustda taqdim etiladigan Xiaomi Mi Mix 4 flagmani esa oraliq – MIUI 12.5 grafik qobig‘i bilan chiqadi.

O‘QING: Allaqachon do‘konga chiqqan Mi Mix 4’ning ishlayotgan holdagi qayishqoq ekranini «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

Internetda esa MIUI 13 grafik talqini bazasidagi proshivkalarni birinchilardan bo‘lib qabul qiluvchi smartfonlar ro‘yxati paydo bo‘ldi:

  1. Xiaomi Mi 11;
  2. Xiaomi Mi 11 Pro;
  3. Xiaomi Mi 11 Ultra;
  4. Xiaomi Mi 10;
  5. Xiaomi Mi 10 Pro;
  6. Xiaomi Mi 10 Ultra;
  7. Redmi K40;
  8. Redmi K40 Pro;
  9. Redmi K40 Pro+;
  10. Redmi K40 Gaming Edition;
  11. Redmi K30 Pro;
  12. Redmi K30 Pro Zoom.

Mazkur gadjetlarga keladigan MIUI 13 grafik qobig‘i smartfon modeliga bog‘liq holda Android 11 yoki Android 12 operatsion tizimi asosida ishlangan bo‘ladi. Odatdagidek, apdeyt dastlab Xitoydagi foydalanuvchilarga yuboriladi, global proshivkalar esa keyinroq jo‘natiladi.

O‘QING: MIUI+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi 34 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfoni

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.