MIUI 13 proshivkasini oluvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining kengaytirilgan ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  3117
  •  27.11.2020 16:43

MIUI 13 proshivkasini oluvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining kengaytirilgan ro‘yxati

Biz hali rasman namoyish qilinmagan MIUI 13 grafik qobig‘ining interfeysidan olingan dastlabki skrinshotlarni, shuningdek, birinchi videolavhani va ungacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxatini ham chiqargandik. Endi esa internetda ushbu ro‘yxatning kengaytirilgan versiyasi paydo bo‘ldi.

O‘QING: Global bozordagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga jami 76 ta barqaror MIUI 12 proshivkalari chiqdi (to‘liq ro‘yxat)

Oldingi taxminlarga ko‘ra, MIUI 13 grafik qobig‘ining beta-testi keyingi yil yozida boshlanadi, deyishayotgan edi. Biroq rasmiy Mi Community hamjamiyatidagi Manwex nikli moderator beta-sinovlar bu yil ancha erta, ehtimol, apreldagi taqdimotidan keyinoq boshlanishini aytgan.

Shu bilan birga, manbalar yangi avlod grafik qobig‘igacha yangilanuvchi smartfonlarning norasmiy ro‘yxatini ham e’lon qilishgan:

E’tibor bering: bu – rasmiy ro‘yxat emas; shunday ekan, kelajakda u o‘zgarishi va to‘ldirilishi tabiiy.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: iPhone va Xiaomi smartfonlari importiga to‘siq qo‘yilmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!