MIUI 13 qachon chiqishi va qaysi smartfonlarga kelishi ma’lum bo‘ldi

MIUI 13 qachon chiqishi va qaysi smartfonlarga kelishi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi'dagilar MIUI 12.5 qobiqli yangilanishini hali ham smartfonlarga jo‘natishda davom etmoqda, biroq kompaniya UI'ning navbatdagi talqini — MIUI 13'ni taqdim qilishga ham allaqachon tayyorlanmoqda.

Xitoylik manbalarga ko‘ra, interfeys ikkinchi chorakda taqdim qilinishi ehtimoli bor, sababi oxirgi bir necha yillardan buyon yangi interfeyslar aynan shu vaqt atrofida taqdim qilinadi. Aytilishicha, «Xitoycha Apple» yangi UI'ni 25 iyunda taqdim qilishni rejalashtirgan.

Xiaomi arzon smartfonlarni ham to‘rt yilgacha tizim yangilanishi bilan ta’minlab kelgan, biroq MIUI 13 dasturiy ta’minoti Xiaomi Mi 9, Xiaomi Mi Mix 3 kabi flagmanlar yoki Redmi Note 8 va Redmi 8 seriyasidagi ommabop o‘rta toifa modellarga tarqatilmaydi. Aytilishicha, yangi dastur 2019 va undan keyingi yillarda chiqqan smartfonlarga keladi.

Yangi interfeysning o‘ziga xosliklari borasida ma’lumot hozircha juda kam. MIUI 13'da optimallashgan animatsiyalar, yangi mavzu va ekran tasvirlari hamda bir necha xavfsizlik yangilanishlarini kutish mumkin.

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini oluvchi 80 xildagi Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlari ro‘yxati

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.