MIUI 13 qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

MIUI 13 qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi asoschisi Ley Jun yangi MIUI 13 tizimi haqida qisqacha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, yangi tizimda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 

Eng muhimi, u dasturiy ta’minotning yangi versiyasi joriy yil oxirigacha taqdim etilishni tasdiqladi. Odatda dasturiy ta’minotning Xitoy versiyasi birinchi bo‘lib, xalqaro versiya bir necha haftadan keyin taqdim etiladi. 

Ley Jun, shuningdek, MIUI 12.5 tizimining akkumulyator optimizatsiyasi Redmi Note 11 Pro smartfonining akkumulyator avtonomligiga ijoyib ta’sir o‘tkazganini ta’kidlab o‘tdi. 

Mish-mishlarga ko‘ra, MIUI 13 yangilangan foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘ladi hamda smartfonlarning akkumulyator avtonomligini yaxshilaydi. Yangi tizim Android 11 yoki Android 12'da ishlovchi smartfonlarga jo‘natiladi. 

O‘QING: Xiaomi Redmi K50 haqidagi yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!