MIUI 13 smartfonning tezkor xotirasini kengaytira oladi! (+video va skrinshotlar)

  •   DiMaX
  •  993
  •  29.06.2021 13:51

MIUI 13 smartfonning tezkor xotirasini kengaytira oladi! (+video va skrinshotlar)

Xiaomi kompaniyasi o‘zining mobil qurilmalari uchun MIUI 13 grafik qobig‘ini avgustda, Xiaomi Mi Mix 4 flagmani bilan birga namoyish etishi aytilmoqda. Kompaniya hozir Android 12 tizim talqini bazasidagi ushbu yangilanishning ichki testlarini o‘tkazmoqda – yaqindagina ushbu tizimda ishlayotgan ilk Xiaomi smartfoni ommabop GeekBench benchmarkida «qo‘lga tushgan» edi.

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini oluvchi to‘qqizta Xiaomi va Redmi smartfoni: to‘rt yillik flagman ham bor!

Insayderlar endi MIUI 13 haqida yangi tafsilotlar, uning ekranidan olingan ilk skrinshotlar va hattoki videolavhani ham e’lon qilishgan.

Ushbu skrinshotlar 4.3.0.2 versiyasidagi MIUI File Manager fayl-menejeri interfeysini aks ettirgan.

O‘QING: Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon (kompaniya rahbari nazdida)

Quyida esa MIUI 13 grafik qobig‘ining qanday ishlashini qisqa rolikda ko‘ramiz:

Xabarlarga qaraganda, MIUI 13 grafik qobiq talqiniga qo‘shilayotgan asosiy imkoniyatlardan biri – smartfonning tezkor xotirasini kengaytirish funksiyasi bo‘ladi. Bu esa «operativka»si  uncha katta bo‘lmagan, nisbatan eskiroq rusumlardagi qurilmalar ishlash ravonligini oshiradi.

O‘QING: Xiaomi hozir ham ommabop bo‘lgan uchta eski flagmanini e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!