MIUI 13 taqdimoti tezlashdi: ilk beta-testi 7–16 iyul kunlari o‘tkazilmoqda!

  •   DiMaX
  •  625
  •  07.07.2021 12:44

MIUI 13 taqdimoti tezlashdi: ilk beta-testi 7–16 iyul kunlari o‘tkazilmoqda!

Xiaomi kompaniyasi o‘zining mobil qurilmalari uchun MIUI 13 grafik qobig‘ini avgustda, Xiaomi Mi Mix 4 flagmani bilan birga namoyish etishi aytilmoqda. Biz mazkur grafik qobiq smartfonning tezkor xotirasini kengaytira olishini ko‘rsatuvchi video va skrinshotlarni e’lon qilganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini oluvchi to‘qqizta Xiaomi va Redmi smartfoni: to‘rt yillik flagman ham bor!

Boshqa smartfonsozlardan farqli ravishda, Xiaomi o‘zining aksariyat modellari uchun MIUI grafik qobig‘ining yangi beta-versiyalarini har hafta taqdim etib kelmoqda. Ularni o‘rganish asosida esa mazkur dasturiy ta’minotdagi kutilayotgan funksyalar hamda taqdimoti yaqin bo‘lgan smartfonlar haqidagi xabarlar tez-tez chiqib turadi.

Xiaomi & MIUI News nomli Telegram-kanalda e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, kecha – 6 iyul kuni MIUI 12 grafik qobiq talqinining oxirgi beta-jamlanmasi chiqarilgan. Bugun esa yangi – MIUI 13 dasturiy ta’minotining birinchi beta-versiyasi chiqadi.

Shuningdek, manbaning ta’kidlashicha, MIUI 13 rasmiy taqdimoti avgustda emas, balki 16 iyul kuniyoq o‘tkaziladi. Shuungacha, ya’ni 7–16 iyul kunlari esa grafik qobiqning ilk beta-testi bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Uch yillik eng arzon ikki xil Redmi smartfoni uchun ham MIUI 12 chiqdi!

So‘nggi mish-mshlarda aytilishicha, MIUI 13 grafik qobig‘i kompyuterlar, planshetlar va televizorlar bilan birga ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Dinamik effektlar va aks etish effektlari MIUI 12 talqinidagidan ko‘ra silliqroq va yorqinroq bo‘ladi. Shuningdek, unda yangi jihozlar va funksional plaginlar ham bo‘lishi tayin.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Android 12 tizimiga yangilanuvchi va undan mahrum Xiaomi, Redmi, POCO hamda Black Shark smartfonlari beshta ro‘yxatda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.