MIUI 13'ga o‘tadigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi

MIUI 13'ga o‘tadigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari uchun yangi MIUI 13 interfeysining taqdimoti avgust oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Kompaniya hozircha proshivka to‘g‘risida rasmiy ma’lumot bermagan, ammo dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qobiq MIUI 12'dagi kabi ko‘p yangiliklarga ega bo‘lmaydi.

O‘QING: Ikkita Xiaomi smartfoni MIUI 12.5'ga o‘tishni boshladi

iXBT nashrining xabar berishicha, asosiy funksiyalardan biri virtual disk yaratish orqali operativ xotirani kengaytirish qobiliyati hisoblanadi. Bu imkoniyat allaqachon MIUI'ning joriy versiyasida mavjud, biroq bu faqat bir necha modellarda ishlaydi. MIUI 13'da esa ushbu xususiyat barcha qurilmalar uchun tizim darajasida ishlashi kutilmoqda.

Qurilmalarning o‘zlariga kelsak, manba MIUI 13 qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlar ro‘yxatining yangi versiyasini ham e’lon qildi, albatta, ro‘yxat norasmiy, ammo juda ishonchli ko‘rinadi. Unga ko‘ra, MIUI 13 quyidagi smartfonlar uchun chiqariladi:

• Mi 11
• Mi 10
• Mi Fold
• Redmi Note 9
• Mi MIX Alpha
• Redmi K40
• Redmi K20
• Redmi 9
• Redmi 10X
• Poco X2
• Poco M2
• Poco X2 Pro
• Black Shark 3
• Black Shark 2

Ta’kidlash kerakki, yangi ro‘yxat oldingisiga qaraganda ancha kengroq, ammo ro‘yxatda Mi 9 va Redmi Note 8 lineykalari modellari mavjud emas.

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi Redmi brendidagi mahsulotdan bir millionta sotdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!