MIUI 13'ni kutib o‘tirish shart emas: undagi zo‘r funksiyani Xiaomi hozirdanoq tarqatmoqda

MIUI 13'ni kutib o‘tirish shart emas: undagi zo‘r funksiyani Xiaomi hozirdanoq tarqatmoqda

Xiaomi kompaniyasi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining butun lineykasi uchun Memory Extension funksiyasini tarqatishni boshladi.

O‘QING: Xiaomi smartfoni Android 11 bazasidagi MIUI 12.5'ga o‘tyapti

Memory Extension doimiy xotirada yaratilgan maxsus virtual bo‘lim tufayli operativ xotira hajmini kengaytirishga imkon beradi.

Biroz oldinroq, cheklangan foydalanuvchilar mazkur imkoniyatdan foydalanishlariga imkon yaratilgandi. Bundan tashqari, operativ xotirani atigi 1GB kengaytirish mumkin edi xolos, endi esa doimiy xotiradan 3GB olish mumkin.

Ikki haftalarcha oldin Redmi Note 10 Pro 5G modeli Memory Extension funksiyasiga kirish huquqiga ega bo‘ldi. Xitoy proshivkali quyidagi smartfonlarda mazkur funksiya paydo bo‘lmoqda: Mi 11 Ultra, Mi 11 Pro, Mi 11, Mi 10 Ultra, Mi 10 Pro, Mi 10, Redmi K40 / Poco F3, Mi 11X, Redmi K40 Pro va K40 Pro.

Hozircha Memory Extension xususiyati MIUI 12.5 versiyalarining xitoycha versiyalari bilan cheklangan. Ushbu yangilikni global miqyosda ishga tushirish faqat kelajakdagi MIUI 13'dan amalga oshishi kutilmoqda.

O‘QING: MIUI 13'ga o‘tadigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!