MIUI 14 taqdim etildi

MIUI 14 taqdim etildi

MIUI grafik qobig‘i birinchi marta 2010 yilda taqdim etilgan edi. Mana oradan 12 yil o‘tib, xalqaro miqyosda ushbu tizimning oylik faol foydalanuvchilarining soni 564 millionga yetdi. Xiaomi 13 smartfonlari bilan bir qatorda, kecha Android 13 operatsion tizimiga asoslangan yangi MIUI 14 grafik qobig‘i ham ommaga tanishtirldi. 

Xiaomi kompaniyasining aytishicha, bu eng optimallashtirilgan va soddalashtirilgan MIUI tizim sifatida boshqalaridan ajralib turadi.  

Xotira hajmidan foydalanishni kamaytirish, yengilroq mikrodastur hajmi, shuningdek, protsessor, grafik protsessor hamda xotira resurslarini tartiblagan holda MIUI 14 tizimini ishlab chiqqan jamoa tizim arxitekturasini yangiladi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha yangi tizim eskisiga qaraganda 60% “yengilroq“ ishlaydi. 

Faol foydalanilmayotgan ilovalarni avtomatik ravishda nofaol holatga olib o‘tish hamda doimiy bildirishnomalarni o‘chirib qo‘yish uchun elektron tugma yaratilganliginini yangi xususiyatlar sirasiga kiritish mumkin. Endi tizimdan o‘chmaydigan ilovalar soni sakkiztaga qisqardi. 

MIUI 14 dizayniga oddiy va katta piktogrammalarga ega sozlanishi mumkin bo‘lgan papkalar, shuningdek, turli shakl va o‘lchamdagi yangi vidjetlar qo‘shildi. Tizimdagi eng kutilmagan yangi qo‘shimchalardan biri bu gullar va uy hayvonlari vidjetlari bo‘lib, ular bosh ekranga joylashtiriladi. 

Yangi grafik qobig‘iga, shuningdek, duplikatsiyalashgan fayl menejeri, matnni tanib olish va galereyadagi suratlardan matni ajratib olish funksiyasi qo‘shilgan. Ikki tomonlama shifrlash orqali maxfiylik tizimlari yanada takomillashtirildi. 

Yangi oilaviy hisob funksiyasi foydalanuvchiga suratlarni va bulutli obuna xizmatlarini 9 kishigacha bo‘lishish imkonini beradi. Foydalanuvchilar, shuningdek, aqlli soatlardagi sog‘lig‘ini kuzatish ma’lumotlarni bir-birlari baham ko‘rishlari mumkin.

Xiaomi planshetlariga yana bir afzallik qo‘shildi. Endi noutbuklar bilan klaviatura va sichqonchani oson almashtirsa bo‘ladi. Shuningdek, ekranni aks ettirish hamda kengaytirilgan ekran funksiyalari ham Xiaomi planshetlarida paydo bo‘ldi. 

Xiaomi 13 va 13 Pro smartfonlari MIUI 14 tizimi bilan birga taqdim etildi. Kompaniya proshivkani jo‘natish rasmiy jadvalini e’lon qildi. Unda tez orada Xitoyda qaysi Xiaomi smartfonlari yangi tizimga o‘tishi ko‘rsatilgan. Ushbu smartfonlar quyidagilar:

2023 yil, yanvar

Xiaomi 12S Ultra

Xiaomi 12S Pro

Xiaomi 12S

Xiaomi 12 Pro

Xiaomi 12 Pro Dimensity Edition

Xiaomi 12

Xiaomi Mix Fold 2

Redmi K50 Pro

Redmi K50

Redmi K50 Ultra

Redmi K50 Gaming Edition

2023 yil, aprel 

Xiaomi Pad 5 Pro 12.4

Xiaomi Pad 5 Pro

Xiaomi Pad 5

Redmi Pad

O‘QING: Rasman: Xiaomi 13 va 13 Pro modellari taqdim etildi