MIUI foydalanuvchilari soni 450 millionga yetdi. Xiaomi 22 ta mamlakatda yetakchilik qilmoqda

MIUI foydalanuvchilari soni 450 millionga yetdi. Xiaomi 22 ta mamlakatda yetakchilik qilmoqda

Huawei'ning o‘yindan chiqishi bilan hosil bo‘lgan smartfon olamidagi bo‘shliqdan Xiaomi oxirgi bir necha oy muddat ichida unumli foydalanib kelmoqda. Kompaniya o‘zining choraklik natijalarini e’lon qildi. Daromad, foyda, smartfonlarni yetkazib berish ko‘rsatkichlari va boshqa deyarli barcha muhim jabhalarda ikki xonali raqamlar barobarida o‘sish kuzatilgan.

O‘QING: Xiaomi ikkinchi chorakda kutilganidan ko‘p daromad va foyda qildi

Joriy yilning aprel–iyun oylarida Xiaomi 52,6 million dona yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 86,8% ko‘proq smartfon yetkazib bergan. Kompaniyaning global smartfon bozoridagi ulushi 16,7% ga yetib, Xiaomi Samsung'dan keyingi, Apple'dan oldingi dunyodagi ikkinchi smartfonsozga aylandi. Yilning birinchi yarmida yetkazib berilgan smartfonlarning 12 million donasi 300 yevrodan yuqori bo‘lgan qurilmalar bo‘ldi.

Kompaniya o‘zining IoT (internet narsalar) ekotizimiga ham sarmoya kiritmoqda va buning samarasi o‘z mahsulini bermoqda — IoT va kundalik turmushda ishlatiladigan mahsulotlardan kelgan daromad yillik 35,9% lik o‘sish ko‘rsatkichini qayd etdi. Smartfon va leptoplardan tashqari Xiaomi'ning platformasiga ulangan IoT qurilmalar soni 374 milliontadan oshdi. Kamida beshta Xiaomi mahsulotidan foydalanuvchi mijozlar soni 7,4 milliontani tashkil etmoqda. Changyutkich, havo tozalagich, havo namlantirgich, termostat, lampa va uy xavfsizligi kameralari eng ommabop Xiaomi mahsulotlari bo‘lib turibdi.

...

Xitoylik kompaniya uchun xorijiy bozor katta ahamiyatga ega. Xiaomi butun dunyo bo‘ylab 22 ta mamlakatda, jumladan, Italiya va Fransiyada, birinchi raqamli kompaniyaga aylangan bo‘lsa, Ispaniyada ketma-ket oltinchi chorak yetakchilikni saqlab turibdi.

Ko‘plab g‘arb bozolarida mijozlar mobil aloqa operatori bilan shartnomasi bor smartfonlarni sotib olishni afzal ko‘radi. Xiaomi o‘zining mijozlarning xarid borasidagi tanlovlariga ta’sir o‘tkaza olgani hamda mahalliylashtirish strategiyalarini kuchaytira olganini, operator kanallari orqali sotuvlar yillik 300% lik o‘sish ko‘rsatkichni qayd etganini ma’lum qildi.

O‘QING: Endi Mi smartfonlari bo‘lmaydi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!