MIUI+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi 34 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfoni

  •   DiMaX
  •  1434
  •  30.07.2021 16:00

MIUI+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi 34 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfoni

Xiaomi kompaniyasi o‘tgan yilning oxirida oraliq versiyadagi – MIUI 12.5 grafik qobig‘ini taqdim etgan edi. Ushbu dasturiy ta’minot yangi – MIUI+ texnologiyasi qo‘llab-quvvatlovini ham o‘z ichiga olgan.

O‘QING: Xiaomi ikkita flagmaniga global MIUI 12.5 proshivkasini tarqatmoqda

MIUI+ degani – maxsus rejim bo‘lib, uning yordamida smartfonni macOS yoki Windows operatsion tizimli kompyuter bilan bog‘lash mumkin. Bu to‘laqonli desktop rejimi bo‘lmasdan, balki smartfondagi ilovalarni kompyuterda ishga tushirish imkonini beruvchi shlyuz hisoblanadi.

Ammo MIUI 12.5 grafik qobig‘i bazasidagi proshivkani olgan (yoki oladigan) smartfonlarning hammasi ham uni qo‘llab-quvvatlamaydi. Xiaomiadictos nashri MIUI+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon modellarini e’lon qildi:

  • Xiaomi Mi 11 / 11i / 11 Pro / 11 Ultra / 11 Lite 5G;
  • Xiaomi Mi 10 / 10S / 10T / 10 Pro / 10 Ultra / 10T Pro / 10 Lite / 10T Lite;
  • Xiaomi Mi 9 / 9T Pro / 9 Pro 5G;
  • Redmi K40 / K40 Pro / K40 Pro+ / K40 Gaming Edition;
  • Redmi K30 4G / K30 5G / K30i 5G / K30 Pro / K30S / K30 Ultra;
  • Redmi K20 Pro;
  • Redmi 10X 5G / 10X Pro;
  • Redmi Note 10 Pro;
  • Redmi Note 9 / Note 9 Pro;
  • Poco F2 Pro / F3.

Mazkur ro‘yxat norasmiy bo‘lishi bilan birga, ayrim savollar tug‘ilishiga ham olib keladi. Masalan, unga Redmi Note 9 kirgan, lekin undan yangi bo‘lgan Redmi Note 10, Redmi Note 10S hamda Redmi Note 10 5G modellari yo‘q. Balki ro‘yxat keyin kengaytirilib borar – buni vaqt ko‘rsatadi.

O‘QING: TOP-10: Eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar (2021 yil iyun)