Miyadagi fikrni nutqqa aylantirib beruvchi texnologiya yaratildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1259
  •  26.04.2019 13:05

Miyadagi fikrni nutqqa aylantirib beruvchi texnologiya yaratildi! (+video)

Keyingi paytlarda inson miyasining imkoniyatlari, fikr orqali gadjetlarni boshqarish va muloqot qilish imkonlari borasida ko‘p izlanishlar bo‘lmoqda. Masalan, o‘tgan yili qozog‘istonlik maktab o‘quvchisi fikr kuchi bilan boshqariluvchi mashina ixtiro qilgandi.

O‘QING: Fikrlarni uzatish uchun tarmoq yaratildi: BrainNet’dan kuchli yurish

San-Fransisko shahridagi Kaliforniya universitetidagi nevrologiya sohasi mutaxassislari esa fikrni nutqqa o‘giruvchi qurilma ishlab chiqishdi. Xabarga ko‘ra, u turli sabablarga ko‘ra gapirish qobiliyatidan ayrilgan kishilar uchun nutq protezlarini yaratishda qo‘l keladi. Jumladan, insult, bosh suyagi va miya jarohatlari, Parkinson kasalligi, skleroz kabi xastaliklardan keyin tildan qolgan insonlarga muloqot qilishda yordam beradi.

Qurilmaning ishlash prinsipi quyidagicha: dastlab uning datchiklari miyaning faolligi haqidagi ma’lumotlarni oladi. Keyin esa ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ikkita neyron tarmog‘i qo‘llanadi. Mazkur tarmoqlar bungacha sog‘lom odamlarning miya signallarini ularning nutqlari bilan bog‘lab o‘rgangan bo‘ladi. Birinchi neyron tarmog‘i miyaning faolligi signallarini ovozli traktga aylantirib beradi, ikkinchisi esa hosil bo‘lgan nutqni yangratib – ovozli tarzda «o‘qib» beradi.

O‘QING: Fikrni elektron qurilmaga uzatadigan shlem paydo bo‘ldi

Fikrni nutqqa aylantirish jarayoni qanday kechishi quyidagi videoda ko‘rsatib berilgan:

Kelajakda bunday texnologiya kasalxonalardan tashqarida ham qo‘llanishi va gapira olmay qolgan kishilarga muloqot quvonchini baxsh etishi kutilmoqda.

O‘QING: Fikr kuchi orqali muloqot qilishni qachon boshlaymiz?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!