Mobil aloqa tarmoqlarini modernizatsiyalash loyihasi yakunlandi!

  •   DiMaX
  •  917
  •  04.08.2020 08:18

Mobil aloqa tarmoqlarini modernizatsiyalash loyihasi yakunlandi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi 2020 yil boshida respublikaning barcha hududlarida 3G/4G texnologiyalari bo‘yicha mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshira boshlagandi. UZTELECOM o‘z rasmiy saytida mazkur keng ko‘lamli loyihaning yakunlanganligini e’lon qildi.

O‘QING: Mobil operator naq 50% dan 70% gacha «QAYNOQ ChEGIRMALAR»ni taklif etyapti!

Ushbu loyihaning maqsadi – UZTELECOM operatorining mobil aloqa abonentlariga, ayniqsa, mamlakatimizning eng chekka va uzoq hududlarida istiqomat qiluvchi aholi uchun mobil internet xizmatlaridan foydalanish tezligi va foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirish, buning uchun joylashuvidan qat’i nazar, barcha mavjud baza stansiyalarini 3G va 4G LTE standartlarigacha modernizatsiyalashdan iboratdir.

Bugungi kunda UZTELECOM keng ko‘lamli loyihaning yakunlanganligini hamda loyiha natijasiga ko‘ra mamlakatning barcha hududlarida 3 mingdan ziyod baza stansiyalari Kompaniya jamoasi tomonidan yangilanganini va modernizatsiya qilinganini ma’lum qiladi. Modernizatsiya ishlari hamma joyda qamrovni sezilarli darajada oshirish va 4G LTE texnologiyasidan foydalanish imkonini taqdim etdi.

Ta’kidlash joizki, karantin davrida tarmoqni yangilash, kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlari barcha zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirildi.

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ularni barcha uchun hamyonbop qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha eng yangi standartlar va texnologiyalarni joriy etish ishlarini davom ettirmoqda.

O‘QING: «O‘zbektelekom»ning nayrangini dasturchi fosh etdi!