Mobil aloqa uchun «TA’LIM» tarif rejasi va maxsus internet-to‘plamlar joriy etildi!

  •   DiMaX
  •  36519
  •  03.09.2020 16:54

Mobil aloqa uchun «TA’LIM» tarif rejasi va maxsus internet-to‘plamlar joriy etildi!

Kuni kecha uyali aloqa operatorlarimizdan biri oliy o‘quv yurtlari hamda ularning filiallari talabalariga mo‘ljallangan «Talaba» nomli yangi tarif rejasini taqdim etgan edi. Endi esa «O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati ham mobil aloqa (Uzmobile brendi) abonentlari uchun yangi tarif rejasini e’lon qildi.

O‘QING: Mobil ilovadan foydalanib, 3750 MBgacha bonuslar oling!

Bugungi kunda zamonaviy dunyoni innovatsion texnologiyalar va eng yangi aloqa vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shaxsiy rivojlanishda, shu jumladan, ta’lim sohasida yuqori sifatli mobil aloqa va yuqori tezlikdagi Internet muhim omillardan biri hisoblanadi.

Zamonaviy talabalar, o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari uchun foydali ovozli muloqot xizmatlarini taqdim etish muhimligini inobatga olib, UZTELECOM milliy operatori jismoniy va yuridik shaxslar uchun hamyonbop «TA’LIM» tarif rejasini, shuningdek maxsus internet-to‘plamlar guruhini taqdim etmoqda.

«TA’LIM» tarif rejasi – bu eng hamyonbop mobil aloqa yechimini izlayotgan ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun qulay tarifdir.

Oyiga 34 900 so‘m evaziga «TA’LIM» tarif rejasi 8000 MB internet-trafik, 1000 daqiqa (va O‘zbekiston bo‘ylab 300 daqiqa) hamda 500 ta SMS-xabarni o‘z ichiga oladi.

O‘QING: «Cheksiz yoz» aksiyasi kuzda ham davom etadi!

Shuningdek, mobil Internetdan yanada hamyonbop narxlarda foydalanishni ta’minlash maqsadida nominal qiymati 5 000, 8 000 va 12 000 MB bo‘lgan maxsus internet-to‘plamlar taqdim etiladi. Ushbu to‘plamlar odatiy internet-paketlardan 20% gacha arzon hisoblanadi.

«TA’LIM» tarif rejasi ta’lim tizimiga oid bir qator afzalliklarni taqdim etishi bilan ajralib turadi. Xususan, ushbu TR abonentlari ZiyoNET xizmatidan abonent to‘lovi uchun 50% chegirma asosida foydalanishlari mumkin, shuningdek masofaviy ta’lim uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar, ilmiy-metodik markazlarning 100 dan ortiq o‘quv va axborot platformalaridan Internet-trafikni sarflamasdan mutlaqo bepul foydalanishlari imkonini taqdim etadi. Ushbu resurslar ro‘yxati bilan esa mana bu yerda tanishish mumkin.

«TA’LIM» tarif rejasi yuzasidan batafsil ma’lumot bilan tanishib chiqish uchun jismoniy shaxslar ushbu havola, yuridik shaxslar esa mazkur havola yordamida o‘tishlari lozim.

O‘QING: Bitta operatordan ikkita xushxabar: 90% chegirma va...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.