Mobil Chrome 20 foizga tezlashdi

  •   DiMaX
  •  1618
  •  10.06.2017 14:19

Mobil Chrome 20 foizga tezlashdi

Google Chrome brauzerining yangi versiyasi Android tizimli qurilmalar sohiblarini xursand qilishi aniq. U sahifalarni tezkorlikda yuklaydigan hamda rasmli fayllarning yana bir formatini o‘qiy oladigan bo‘ldi.

Shu bilan birga, brauzer qurilmaning tezkor xotirasidan avvalgiga nisbatan kamroq resurs talab qiladi. Bularning barchasi JavaScript’da yaratilgan dvijokni yaxshilash evaziga amalga oshirilgan. U sahifalarning avvalgi versiyalarga nisbatan 10–20 foizga tezroq yuklanishini ta’minlab beradi.

Bulardan tashqari, Chrome’ning yangi versiyasi PNG (yoki APNG) formatidagi animatsiyali tasvirlarni ham qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi. Keyingi paytlarda messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda stikerlar uchun ayni shu format qo‘llanmoqda. Ranglarni yaxshiroq yetkazib bera olishi tufayli u GIF formati bilan raqobatlasha boshlagan. PNG (APNG) formatini Opera, Firefox va Safari kabi brauzerlar allaqachon qo‘llab-quvvatlayapti, endi ular qatoriga mobil Chrome ham qo‘shildi.

Brauzerning yangi versiyasini Google Play ilovalar do‘konidan mana bu havola orqali yuklab olish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!