Mobil Chrome’da reklamalardan qutulishning oddiygina yo‘li bor!

  •   DiMaX
  •  997
  •  15.09.2018 16:59

Mobil Chrome’da reklamalardan qutulishning oddiygina yo‘li bor!

Bilamiz – reklamalardan siz ham bezorsiz, ammo ko‘pchilik saytlar shu bilan tirikchilik qilgani bois, sahifalarida ularni joylayveradi. Reklamalardan turli maxsus yo‘llar orqaligina xalos bo‘lish mumkin.

O‘QING: Kompyuterda reklamalardan birato‘la qutulish yo‘llari

Google Chrome brauzerining mobil versiyasida esa ulardan qutulishning oson yo‘li bor – «Soddalashtirilgan tarzda ko‘rish» («Uproщyonniy prosmotr») rejimi. Undan foydalanish uchun ilovaning sozlamalarini ochib, «Maxsus imkoniyatlar» («Spetsialnie vozmojnosti») bo‘limiga o‘tishingiz kerak. Navbatdagi oynadagi «Soddalashtirilgan tarzda ko‘rish» («Uproщyonniy prosmotr») bandini belgilab qo‘yasiz – bo‘ldi.

Endi biror veb-sahifani ochganingizda, brauzerning pastki qismida mutolaa rejimiga o‘tishni taklif qiluvchi bildirishnoma chiqadi. Uning ustiga bosishingiz bilan sahifa barcha yot unsurlardan, jumladan – reklama, animatsiya va boshqa elementlardan xalos bo‘ladi. Faqat matn va unga joylangan illyustratsiyalargina qoladi; tag‘in bunda matn o‘lchamini (masshtabini) sozlash ham mumkin bo‘ladi.

E’tibor bering: «Soddalashtirilgan tarzda ko‘rish» hozircha barcha saytlarda ham ishlamasligi mumkin, lekin aksariyat hollarda sizni reklamadan qutqaradi.

O‘QING: iOS va Android smartfonlarida reklamadan butkul xalos bo‘lish

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!