Mobil dasturlash bo‘yicha «mGov Kashkadarya» tanloviga marhamat!

  •   DiMaX
  •  535
  •  25.05.2021 13:34

Mobil dasturlash bo‘yicha «mGov Kashkadarya» tanloviga marhamat!

Qashqadaryo viloyatida IT-Park tomonidan tashkil etilayotgan «mGov Kashkadarya» mobil dasturlash tanlovi bo‘lib o‘tadi. Bu xususda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: «Bir million dasturchi» loyihasi: Prezident sovg‘asi topshirildi!

Ushbu tanlov doirasida ishtirokchilar tibbiyot, ta’lim, energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish, ijtimoiy himoya, aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishlar bo‘yicha mobil ilovalarning prototiplarini taqdim etishlari lozim.

Loyihada taqdim etilayotgan ishlanmalar jamiyat muammosini samarali hal etishga qaratilgan, innovatsion hamda qulay bo‘lishi talab etiladi va shu mezonlar asosida baholanadi.

«mGov Kashkadarya» tanlovi orqali viloyatda faoliyat yuritayotgan IT mutaxassislari o‘zlarini namoyon etish, potensiallarini ochish va kerakli ko‘nikmalarni egallashlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar 2021 yil 24 maydan 22 iyun kuniga qadar ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirish uchun havola: https://forms.gle/5MgaZNoWb4Rrxy6r5

Murojaat uchun telefon raqami: +998 99 413 33 56

O‘QING: Farrosh, qorovul, choy tarqatuvchi... O‘zbekistonda kimlar IT-mutaxassisdan IKKI KARRA KO‘P maosh oladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.