Mobil geymerlar, Facebook tuhfasini qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  688
  •  21.04.2020 12:26

Mobil geymerlar, Facebook tuhfasini qarshi oling!

Facebook o‘tgan yili o‘zining Facebook Gaming o‘yin platformasini taqdim etgan edi. Endi esa uni o‘z strimlariga va o‘yinlariga ega bo‘lgan alohida ilovaga aylantirdi.

O‘QING: Steam’dan to‘rtta o‘yinni o‘z vaqtida olib, bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

Facebook Gaming xuddi Twitch va Mixer kabilarning analogi bo‘lib, unda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari boshqa geymerlarning geympleylarini kuzatib bora oladilar. Ilovaga kirish uchun Facebook akkaunti talab etiladi, lekin u avtonom tarzda ishlaydi. Ya’ni, tarmoqdagi bildirishnoma, xabar va boshqalar geymerga xalaqit bermaydi.

Translyasiyalar paytida tomoshabinlar o‘zaro chatda muloqot qilishlari yoki Facebook kutubxonasidagi o‘yinlardan bahramand bo‘lishlari mumkin. Masalan, joriy yilning boshida mazkur ijtimoiy tarmoqda ikkita «Pokemon» o‘yini paydo bo‘lgan.

Facebook Gaming ilovasining o‘ziga xosligi shundaki, strimerlar mobil o‘yinni bevosita smartfon orqali translyasiya qila oladilar, qo‘shimcha dasturlar o‘rnatishning keragiyam yo‘q. Shuning uchun katalogda PUBG Mobile, Mobile Legends singari Android va iOS-o‘yinlarning «strim»lari mavjud. Yana kompyuterlar va konsollarga mo‘ljallangan «katta» o‘yinlar translyasiyalari ham bor.

Android-qurilmalar egalari allaqachon Facebook Gaming ilovasini ushbu havola orqali Google Play katalogidan yuklab olishlari mumkin. iOS tizimi uchun esa u yaqin orada chiqib qoladi.

O‘QING: Android-smartfonlar va ayfonlarga sarguzashtli boshqotirma o‘yinni vaqtincha bepul tarqatishyapti! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!