Mobil ilovadan foydalanib, 3750 MBgacha bonuslar oling!

  •   DiMaX
  •  11749
  •  03.09.2020 11:03

Mobil ilovadan foydalanib, 3750 MBgacha bonuslar oling!

Kuni kecha «O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati internet foydalanuvchilari uchun «Cheksiz yoz» aksiyasi kuzda ham davom etishini e’lon qilgan edi. Shuningdek, UZTELECOM mobil aloqa xizmati – Uzmobile abonentlari uchun ham bonuslar berish muddatini uzaytirgan.

O‘QING: Operator eng oddiy va eng foydali tarifga bepul ulanish muddatini uzaytirdi!

Xabarga ko‘ra, abonentlar 2020 yilning 31 dekabriga qadar MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalanib, bonusli internet-to‘plamlarga ega bo‘lishlari mumkin. Mazkur universal ilovasini yuklab olganda va undan foydalanganda, sovg‘a sifatida 50 MBdan 3750 MBgacha bo‘lgan internet-to‘plamlarning egasiga aylanasiz!

Qulay MyUZTELECOM mobil ilovasi – bu Milliy operator abonentlari uchun universal yechim bo‘lib, sizning xizmatlaringizni boshqarishdagi yagona yordamchingizga aylanadi. MyUZTELECOM yordamida siz aloqa va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz, internet-to‘plamlarni xarid qilishingiz, operator xizmatlarini faollashtirishingiz va o‘chirishingiz mumkin.

Endilikda MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali xizmatlarni boshqarish va to‘lash nafaqat tez, balki foydali hamdir! Ilovani yuklab oling va sovg‘a sifatida 500 MB Internet-trafikka ega bo‘ling. Ammo, bu hali hammasi emas! Shaxsiy hisobingizni har to‘ldirganingizda yoki Internet-to‘plamlarni faollashtirganingizda, siz 3 kundan 7 kungacha bo‘lgan davrga sizga taqdim etilayotgan bonus turidan kelib chiqqan holda yuqori tezlikdagi va eng sifatli mobil internetning bonusli MEGABAYTlariga mutlaqo bepul tarzda ega bo‘lasiz. Misol uchun, hisobingizni 10 000 so‘mdan 24 999 so‘mgacha to‘ldirganingizda, sizga 100 MB sovg‘a sifatida taqdim etiladi! Nominal qiymati 5000 MB bo‘lgan Internet-to‘plam xarid qilganingizda esa siz 250 MB bonusli trafikka ega bo‘lasiz!

Aksiya Uzmobile operatorining GSM standartidagi jismoniy shaxs abonentlari, shuningdek «Faol» holatidagi «Mobil byudjet» xizmatiga ega korporativ mijozlar uchun ham amal qiladi.

MyUZTELECOM ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:

Aksiya haqida batafsil ma’lumotlar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom»ning nayrangini dasturchi fosh etdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!