Mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilindi!

Mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilindi!

O‘zbekistondagi YuNESKO vakolatxonasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bilan birgalikda " YOUTH MOBILE” (Yoshlar mobil) qo‘shma loyihasi doirasida mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qiladi. Bu haqda TATU matbuot xizmati xabar berdi.

Loyihaning maqsadi smart mobil ilovalarni qo‘llash orqali yoshlarni barqaror rivojlanish  maqsadlariga (BRM) erishish bilan bog‘liq bo‘lgan mahalliy muammolarini hal etishga ko‘maklashishdan iborat.  Ushbu loyiha yoshlarga biznesni yaratish, mahalliy, milliy yoki xalqaro bozorda IT'ga ishlov berish uchun ko‘nikmalarini namoyish etishga yordam beradi. Loyihada ayol-qizlarning ishtirok etishi alohida e’tiborga olinadi.

Tanlov shartlari:

  • Ishtirokchilar 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lishi kerak;
  • Arizalar alohida ishtirokchilar tomonidan qabul qilinadi;
  • Android va IOS platformalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqilishi kerak;
  • Mobil ilovalar quyidagi BRMlardan birini qamrab olishi kerak:
    • BRMG4: Adolatli sifatli ta’lim;
    • BRM5: Gender tengligi va qizlar imkoniyatlarini kengaytirish;
    • BRM6: Suvdan barqaror foydalanish;
    • BRM11.4: Madaniy merosni saqlab qolish;
    • BRM12.b: Ish joylarini yaratish va mahalliy madaniyatni targ‘ib qiluvchi barqaror turizm;
    • BRM16.10: Axborotga jamoatchilikni, ayniqsa, nogiron kishilarni keng jalb qilish

Nomzodlar arizani to‘ldirib, 2018 yil 20 noyabrgacha [email protected] manziliga yuborish orqali ro‘yxatga olinadi. Tanlovga faqatgina birinchilardan bo‘lib topshirilgan 100 ta ariza qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.

Dekabr oyining 10-13 kunlari hakamlar hay’ati ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarni o‘z mobil ilovalarini taqdim etish uchun taklif qiladi.

Shuning uchun, mobil ilovalar dekabr oyining 10 kunigacha Play Store yoki App Store elektron do‘konlaridan biriga yoki ikkalasiga ham o‘rnatilishi kerak. G‘oliblarni e’lon qilish va mukofotlash marosimi 2018 yil 15 dekabrda TATU bosh binosida o‘tkaziladi. G‘oliblar sertifikat va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.
O‘QING: Terashop.uz’da Dual-SIM va oddiy iPhone’lar narxlari (2018 yil 17 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!