Mobil ilovalarni yuklab olish va xarid qilish borasidagi rekord yana bir bor yangilandi

Mobil ilovalarni yuklab olish va xarid qilish borasidagi rekord yana bir bor yangilandi

Kecha App Annie kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotga ko‘ra, jahon bo‘yicha mobil ilovalarni yuklab olish va ularga mablag‘ sarflash rekordi yana bir bor yangilangan. Joriy yilning birinchi choragi yakuniy hisob-kitoblariga tayaniladigan bo‘lsa, iOS va Google Play internet do‘konlaridan ilovlarni yuklab olish o‘tgan yilning shu davridagidan 10 foizga oshib, 27,5 milliardga yetgan. Bu butun mobil ilovalar tarixidagi eng katta ko‘rsatkichdir. O‘z navbatida iOS va Google Play internet do‘konlarida foydalanuvchilar tomonidan mobil ilovalar uchun sarflangan mablag‘ o‘tgan yildagidan 22 foizga oshib, jami $18,4 milliardni tashkil etgan - bu ham rekord raqamdir.

Biroq App Annie faqatgina ilovalarning bir martalik yuklab olinishini hisobga olgani sababli ilovalarni yuklab olish, ularni yangilash yoki qayta yuklash amallari bilan birga hisoblaganda, yuqoridagi internet do‘konlari xizmatidan foydalanish ko‘lami bundanda kengroq, demoqda kuzatuvchilar.

Bundan tashqari, App Annie faqatgina ilovalar va ularga obunalarni sotib olish, ilovalar ichidagi pullik xizmatlardan foydalanishni hisobga olgani uchun mobil internet do‘konlaridagi pul aylanmasi hisobotda ko‘rsatilganidan sezilarli ko‘proqdir. Hisobotda ilovalar orqali tarqatiladigan reklamadan keladigan mablag‘lar yoki Android platformasiga mo‘ljallangan ilovalarda uchinchi tomon uchun to‘lanadigan pul oqimi hisobga olinmagan.

Ilovalar savdosi bo‘yicha bunday hisobot ilk bora e’lon qilinmayapti. Shu paytgacha olib borilgan hisob-kitoblar va kuzatuvlar mobil ilovalar savdosi faqatgina o‘sishda ekanligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, bayram kunlari ilovalarni yuklab olish sur’ati keskin oshib ketadi. Shuningdek, Xitoy, Hindiston va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan mobil ilovalarni yuklab olish darajasi yil sayin keskin oshib borayotgani aytilmoqda.

Joriy yil boshida Hindiston, Indoneziya va Braziliyadan Google Play do‘konidan ilovalar yuklab olish sur’ati ortgan bo‘lsa, AQSh, Rossiya va Turkiya uchligi App Store o‘sishiga katta xissa qo‘shgan.

O‘QING: App Store bo‘yicha yilning eng yaxshi ilova, musiqa, film va o‘yinlari

Mobil ilovalar uchun eng ko‘p pul sarflagan davlatlar uchligi ham aniqlangan. AQSh, Yaponiya va Filippin uchligi Google Play’dan ilovalar xarid qilish bo‘yicha peshqadamga aylangan. Play Store'ning ilovalar xaridi bo‘yicha yillik o‘sishi 25 foizga oshgan bo‘lsa, App Store'dagi ayni ko‘rsatkich 20 foizni tashkil qilgan.

Shuningdek, aynan qaysi toifadagi mobil ilovalar eng mashhurligi va foydalanuvchilar tomonidan ko‘p xarid qilinishi ham aniqlangan. Musiqa va audio toifasiga kiruvchi ilovalar Google Play'da xaridlar bo‘yicha birinchilikni qo‘lga kiritgan. Ilovalar orqali foydalanuvchilarga yetkaziladigan musiqa va videolarga pullik obuna bo‘lish ko‘lami keskin oshgan. O‘tgan yili ham ilovalar orqali yetkaziladigan videolarga bo‘lgan talab 77 foizga oshgan edi.

O‘QING:2018 yil 1-choragidagi eng zo‘r Android-ilovalar va mobil o‘yinlar

Sog‘lom turmush tarzi va fitnesga aloqador ilovalarni yuklab olish hamda xarid qilish ham sezilarli ortgan. Bunday toifadagi ilovalarni yuklab olish va xarid qilish borasida, joriy yilning birinchi choragi bo‘yicha, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya yetakchilik qilmoqda.

Hisoblarga ko‘ra, ayni vaqtda Google Play va App Store, birgalikda hisoblaganda, 6,2 mobil ilovani yuklab olish hamda xarid qilishni taklif qilmoqda.

Hisobotdan ko‘rinib turibdiki, mobil ilovalar bozori sezilarli darajada kengayib, raqobatga boy maydonga aylanib bormoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!