Mobil ilovali tezkor koronavirus testi yaratildi

  •   DiMaX
  •  1600
  •  27.03.2020 13:01

Mobil ilovali tezkor koronavirus testi yaratildi

Butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash jiddiy olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur xastalikni tezkor aniqlash va davolash vositalar, shuningdek, undan himoyalovchi vaksina yaratish uchun butun jahonda ishlar qizg‘in ketmoqda.

O‘QING: Karantindagi shaxslarning telefonlari nega olib qo‘yiladi?

Buyuk Britaniyadagi uchta – Lankaster, Brunel va Surrey universitetlari tadqiqotchilari kishiga koronavirus yuqqanligini aniqlovchi test qurilmasi ishlab chiqishdi. Xabarga ko‘ra, bu devays tekshiruv natijalarini 30 daqiqada chiqarib beradi. Mazkur test sun’iy idrok texnologiyalari, rasmlarni qayta ishlash hamda molekulyar virusologiyadan foydalanadi.

Test quyidagicha ishlaydi: ehtimoliy bemorning tomog‘i yoki burnidan suyuqlik namunasi olinadi va smartfondagi mobil ilova bilan sinxronlashgan qurilmaga joylanadi. Ushbu mobil dastur koronavirus yuqtirib olganlarni kelajakda kuzatish yoki ularga telemeditsina xizmatlarini ko‘rsatish uchun ham asqotadi.

Ushbu test gadjeti narxi taxminan 120 AQSh dollariga teng. Dasturchilar hozirda uni ommaviy ishlab chiqarishga joriy etish uchun homiylar bilan muzokaralar olib borishmoqda.

Koronavirus tufayli yurtimizda ikki oy internet tekin bo‘lishi haqidagi gaplarga «O‘zbektelekom» kiritgan aniqlik, O‘zbekistonning «Koronavirus info» kanalini Telegram rasman tasdiqlagani, koronavirus haqida rasmiy sayt ishga tushganligi, yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatilishi, uyali aloqa operatorlarimiz bepul qilgan saytlar ro‘yxati, koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan yurtdoshimiz jarimaga tortilgani haqidagi xabarlar ham sizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

O‘QING: Tarmoqlarning o‘zbek segmentida tarqalgan koronavirus haqidagi 7 yolg‘on