Mobil operator 20 iyungacha aksiya e’lon qildi: naq 90 foizlik chegirma!

  •   DiMaX
  •  1534
  •  20.05.2021 17:08

Mobil operator 20 iyungacha aksiya e’lon qildi: naq 90 foizlik chegirma!

UZTELECOM yaqinda 5G texnologiyasini amaliyotga tatbiq etgan edi. Kuni kecha esa u Uzmobile mobil aloqasining jismoniy shaxslari uchun «OILA UChUN» xizmatiga 90% chegirma e’lon qildi.

O‘QING: 25 maygacha «IKKI KARRA INTERNET» olishingiz mumkin!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi xabariga ko‘ra, UZTELECOM mobil aloqa GSM standarti abonentlari uchun 2021 yil 20 maydan 20 iyungacha bo‘lgan davrda «Sevimli raqamlar» xizmati uchun ulanish va abonent to‘lovini to‘lashga 90% chegirma bilan eng qulay shartlarda eng yaqin odamlar bilan muloqot qilish imkoniyatini beradi.

Abonentlarni yaqinlari bilan uzluksiz va samarali mobil aloqa bilan ta’minlash maqsadida UZTELECOM ushbu xizmat uchun «SEVIMLI RAQAMLAR» aksiyasini ishga tushirib, chegarasiz muloqot qilish uchun ma’lum bir nechta «sevimli raqamlar»ni sozlab olish imkonini beradi.

Shunday qilib, 2021 yil 20 maydan 20 iyungacha xizmatni o‘rnatish va abonent to‘lovini odatdagidan 10 baravar arzonroq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan «SEVIMLI RAQAMLAR» xizmatini yoqish uchun 90% chegirma taqdim etiladi.

 O‘QING: «O‘zbektelekom» ofislarida smartfon va aksessuarlar ham sotilyapti – foizsiz va 12 oygacha muddatli to‘lov!

Xizmatdan foydalanadigan har bir abonent istalgan «sevimli raqam» ni bir marta atigi 42 so‘mga o‘rnatgan holda va 21 so‘mni tashkil etadigan kunlik abonent evaziga ushbu raqam egasi bilan cheklovsiz muloqot qilish imkoniyatiga ega!

Eslatib o‘tamiz, bir UZTELECOM GSM abonent raqamiga uchtagacha «Sevimli raqamlar» o‘rnatish mumkin bo‘lib, raqam UZTELECOM GSM/CDMA tarmoqlari yoki UZTELECOM simli telefon aloqalari raqamlari bo‘lishi lozim.

O‘QING: UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 ming so‘mgacha bo‘lgan tariflari bilan tanishing!

Aksiyadan GSM tarmog‘ining jismoniy abonentlari foydalanishlari mumkin, ammo «Royal», «Uzmobile M2M», «M2M Basic», «Uzcard GSM», «Humo GSM» tarif rejalari abonentlari bundan mustasno.

«Sevimli raqamlar» xizmatini boshqarish usullari:

Aksiya yuzasidan batafsil ma’lumotni mazkur havola orqali olishingiz mumkin.

O‘QING: Eng ko‘p foyda ko‘rgan korxonalar o‘ntaligiga bittagina mobil operator kirdi (O‘zbekiston, 2020 yil)