Mobil operator 23 maygacha internet xizmati va internet-to‘plamlar narxlarini tushirdi!

  •   DiMaX
  •  1927
  •  23.02.2021 11:58

Mobil operator 23 maygacha internet xizmati va internet-to‘plamlar narxlarini tushirdi!

Mobiuz shu yil sentyabrda «Talaba» nomli yangi tarifini taqdim etgan, keyinroq oyiga 20 ming megabaytlik «Talaba+» tarif rejasini chiqargan edi. Yaqinda esa aloqa operatori ushbu ikki tarif rejasining abonentlari uchun bepul kiriladigan saytlar ro‘yxatini kengaytirgan.

O‘QING: Abonentlarning eng dolzarb yuzta savoliga operator rahbariyati javob berdi

Ushbu mobil operator bugun – 23 fevral kuni narxlar pasaytirilishiga doir ikkita xabar e’lon qildi va ularning birinchisi «Tungi DRIVE xizmati narxlarining tushirilishi» aksiyasidir.

Demak, 2021 yilning 23 fevralidan to 23 may sanasigacha (shu kunlari ham) abonentlar aksiya doirasida «Tungi DRIVE» xizmatidan yanada arzon narxlarda foydalanishlari mumkin. Mazkur xizmat haqida batafsil ma’lumotni esa mana bu havola orqali operator saytidan olish mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda simli internet tezligi 3 baravarga o‘sdi (Speedtest reytingi)

Operator e’lon qilgan ikkinchi xushxabar esa «Kunlik internet-to‘plamlar narxlarining tushirilishi» aksiyasi bilan bog‘liq. Mobiuz abonentlari uning doirasida kunlik internet-to‘plamlarni 23 maygacha (shu kuni ham) yanada arzon narxlarda olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Shu bilan birga, kompaniya 2021 yilning 23 fevralidan boshlab 50 va 100 megabaytlik kunlik internet-to‘plamlarni ulatish imkoni yo‘qligini ham eslatib o‘tgan. Kompaniyaning kunlik internet-to‘plamlari, ulardan foydalanish shartlari bilan ushbu havola orqali to‘liq tanishib chiqsa bo‘ladi.

O‘QING: Oyiga atigi 8000 so‘mlik «Yengil» tarif rejasi chiqdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!