Mobil operator 75 foiz chegirmali «Magic Weekends» aksiyasini joriy qildi

  •   DiMaX
  •  1232
  •  19.04.2021 09:32

Mobil operator 75 foiz chegirmali «Magic Weekends» aksiyasini joriy qildi

Kuni kecha biz Ucell uyali aloqa operatori pulli o‘yin va ilovalardan obuna bo‘yicha bepul foydalanish imkonini beruvchi «AppsClubPlus» veb-portalini ishga tushirgani haqida yozgan edik. Undan oldin esa u narxi 1 000 000 so‘mlikkacha bo‘lgan chiroyli raqamlarni oddiysi narxida olish imkonini beruvchi «Istalgan raqam» aksiyasini joriy etgan.

O‘QING: Tarif ichida cheksiz muloqot, yana 1 GB internet, 750 ta SMS va daqiqa – atigi 15 000 so‘mga!

Bu kompaniya, shuningdek, «Magic Weekends» aksiyasini ham e’lon qilgan. Uning doirasida to may oyining oxiriga qadar bahoriy raqamlar chegirmasi amal qiladi. Har juma va shanba kunlari Kompaniya ofislarida Sizni GOLD, PLATINUM, VIP va LUX toifalaridagi jozibali raqamlarga 75% chegirma kutmoqda.

Aksiyaning amal qilish kunlari:

  • 23.04.2021 – juma;
  • 24.04.2021 – shanba;
  • 30.04.2021 – juma;
  • 01.05.2021 – shanba;
  • 06.05.2021 «Xotira va qadrlash kuni» bayrami munosabati bilan bayramoldi kuni;
  • 07.05.2021 «Xotira va qadrlash kuni» bayrami munosabati bilan bayramoldi kuni;
  • 08.05.2021 «Xotira va qadrlash kuni» bayrami munosabati bilan bayramoldi kuni;
  • 14.05.2021 – juma;
  • 15.05.2021 – shanba;
  • 21.05.2021 – juma;
  • 22.05.2021 – shanba;
  • 28.05.2021 – juma;
  • 29.05.2021 – shanba.

Aksiya «Ramazon Hayiti» bayramidan oldingi 3 kun ham amal qiladi. Aksiyadan faqat Kompaniyaning ofislarida foydalanish mumkin.

Shoshiling, raqamlar miqdori cheklangan, deyiladi Ucell xabarida.

O‘QING: Beshta hududdagi abonentlarga «Bahorgi syurpriz» bor: 2000 daqiqa, 2000 SMS va 2 GB internet!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.