Mobil operator bonus tarzida 3750 MBgacha internet-to‘plamlar beryapti!

  •   DiMaX
  •  7043
  •  18.07.2020 17:02

Mobil operator bonus tarzida 3750 MBgacha internet-to‘plamlar beryapti!

Yaqinda «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining Uzmobile uyali aloqa operatori bitta tarif rejasiga kiritilgan internet-trafik hajmini oshirgan edi. Endi esa MyUztelecom mobil ilovasi foydalanuvchilariga bonuslar berishini e’lon qildi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» barcha operatorlar abonentlarini ogohlantirmoqda

UZTELECOM xabariga ko‘ra, 2020 yil 17 iyuldan 30 avgustgacha MyUztelecom universal ilovasini yuklab olib, undan foydalanganda siz sovg‘a sifatida 50 dan 3750 MBgacha internet-to‘plamlar egasi bo‘lasiz!

MyUztelecom mobil ilovasi – bu milliy operator abonentlari uchun xizmatlarni boshqarishda yagona yordamchiga aylanadigan universal yechim. Ushbu dastur yordamida siz aloqa va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz, internet-to‘plamlarni xarid qilishingiz, operator xizmatlarini ulashingiz va o‘chirishingiz mumkin.

Endi esa MyUztelecom orqali xizmatlarni boshqarish va to‘lash nafaqat tez, balki foydalidir! Ilovani yuklab oling va 3 kun muddatga taqdim etiladigan 500 MB Internet trafikka ega bo‘ling. Ammo bu hammasi emas! Aksiya davrida har safar mobil ilova orqali raqamingiz shaxsiy hisobiga to‘lov amalga oshirganingizda va internet-to‘plam xarid qilganingizda siz 3–7 kun muddatga taqdim etiladigan yuqori tezlikdagi sifatli mobil internet uchun MEGABAYTLAR egasi bo‘lasiz. Masalan, hisobingizni 10 000 so‘mdan 24 999 so‘mgacha to‘ldirganda, siz 100 MB sovg‘a olasiz! Va nominal qiymati 5 000 MB bo‘lgan internet-to‘plam xarid qilganda siz 250 MB bonus trafikka ega bo‘lasiz!

O‘QING: Eng oddiy va eng foydali mobil tarifga 1 sentyabrgacha bepul ulaning!

Aksiya UZTELECOM GSM mobil aloqa tarmog‘ining abonentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek «Aktiv» holatida «Mobil byudjet» xizmatiga ega korporativ mijozlar uchun amal qiladi.

Ushbu yozda «MyUztelecom» universal mobil ilovasidan foydalangan holda UZTELECOMdan qaynoq bonuslarga ega bo‘ling!

MyUztelecom ilovasini quyidagi havolalardan yuklab oling:

Aksiya haqida batafsil ma’lumotlar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Yangi – «ONLIME» tarif rejasi: jazirama yozda salqinlanib oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!