Mobil operator naq 50% dan 70% gacha «QAYNOQ ChEGIRMALAR»ni taklif etyapti!

  •   DiMaX
  •  2597
  •  21.07.2020 08:50

Mobil operator naq 50% dan 70% gacha «QAYNOQ ChEGIRMALAR»ni taklif etyapti!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining Uzmobile uyali aloqa operatori eng oddiy va eng foydali tarifga 1 sentyabrgacha bepul ulanishni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, u yana bir mobil tarifda megabaytlar limiti naq 25 foizga oshirgan.

O‘QING: «O‘zbektelekom» barcha operatorlar abonentlarini ogohlantirmoqda

UZTELECOM endi o‘z rasmiy sayti orqali «QAYNOQ ChEGIRMALAR» aksiyasini e’lon qildi. Uning doirasida CDMA standartidagi chiroyli raqamlarni uchun 50% dan 70% gacha chegirmalar bilan olish mumkin.

«QAYNOQ ChEGIRMALAR» – bu sifatli va ishonchli CDMA standartidagi aloqani afzal ko‘radigan, chiroyli, shuningdek, eng asosiysi juda ham tez va oson eslab qolish mumkin bo‘lgan raqamlar sohibi bo‘lishni istaydiganlar uchun maxsus aksiya.

2020 yilning 20 iyulidan 20 sentyabriga qadar abonentlar quyida taklif etilgan yillik tarif rejalarining birini faollashtirib, pullik toifadagi chiroyli raqamlarga 50% dan 70% gacha yoqimli chegirmalarga avtomat ravishda ega bo‘ladilar:

  • Oddiy+ (yiliga 95 000 so‘m)
  • Optimal+ (yiliga 200 000 so‘m)
  • Ajoyib+ (yiliga 350 000 so‘m)

Chiroyli raqamlar uchun chegirma tanlangan tarif rejadan kelib chiqib belgilanadi:

«QAYNOQ ChEGIRMALAR» aksiyasining shartlari va boshqa ma’lumotlar bilan mazkur havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Uzmobile ikkita tarif rejasida internet-trafik limitini oshiryapti, lekin...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.