Mobil operator uchta tarif rejasida limitlar hajmini ikki karra oshirdi

  •   DiMaX
  •  3622
  •  05.11.2020 09:21

Mobil operator uchta tarif rejasida limitlar hajmini ikki karra oshirdi

Avvalroq Ucell uyali aloqa operatori Tas-IX hududi uchun taqdim etayotgan internet-to‘plamlarning narxini o‘zgartirmasdan, megabaytlari hajmini oshirib bergan edi. Shuningdek, u «COSMO», «Active» va «Special» tariflar tizimlari uchun yangi internet-to‘plamlar joriy etyapti. Bulardan tashqari...

O‘QING: Uchta tarif rejasida daqiqa va MBlar limiti ko‘payib, SMS limiti ham qo‘shilyapti!

Mazkur kompaniya bugun – 5 noyabrdan «Tantana» tariflar tizimi yanada jozibador bo‘layotganini e’lon qildi. Ya’ni, «Tantana» tizimiga kiruvchi uchta tarif rejasida O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar va SMS’lar limitlari ko‘paymoqda.

2020 yil 5 noyabrgacha oylik abonent to‘lovini to‘lab, tarif bo‘yicha oylik limitlarni olgan abonentlar uchun ushbu o‘zgarishlar keyingi oylik davrdan boshlab kuchga kiradi.

Tarif rejalari doirasidagi o‘zgarishlar 2020 yil 5 noyabr kuni, soat 13:00 dan keyin kuchga kiradi.

«Tantana» tizimiga kiruvchi tarif rejalari haqidagi batafsil ma’lumotni esa mana bu havola orqali Ucell saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: Atigi 10000 so‘mlik tarif rejasida endi 3,5 GB internet, 700 daqiqa va 200 SMS beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!