Mobil operator yangi internet-to‘plamlar taqdim etyapti, lekin hammaga emas...

  •   DiMaX
  •  2327
  •  17.10.2020 13:27

Mobil operator yangi internet-to‘plamlar taqdim etyapti, lekin hammaga emas...

Kuni kecha Ucell uyali aloqa operatori Tas-IX hududi uchun taqdim etayotgan internet-to‘plamlarning narxini o‘zgartirmasdan, megabaytlari hajmini oshirib bergan edi. Endi esa u uchta tariflar tizimlaridagi abonentlari uchun hamyonbop narxlarda yangi internet-to‘plamlar taqdim etishini e’lon qildi.

O‘QING: Operator birdaniga ikkita ommabop xizmatiga chegirma e’lon qildi!

Kompaniya xabariga ko‘ra, joriy yilning 2 noyabr sanasidan «COSMO», «Active» va «Special» tariflar tizimlari uchun yangi internet-to‘plamlar joriy etiladi:

300 MB atigi 5 000 so‘mga – «COSMO» tariflar tizimi uchun

1.5 GB atigi 15 000 so‘mga – «COSMO» tariflar tizimi uchun

4 GB atigi 27 000 so‘mga – «Active» va «Special» tariflar tizimlari uchun

5 GB atigi 33 000 so‘mga – «Active» va «Special» tariflar tizimlari uchun

Shuningdek, oldin faqat «A’lo kayfiyat» va «COSMO 28» tariflarida mavjud bo‘lgan 8 000 so‘mga 1 GBlik to‘plam 2 noyabr sanasidan «COSMO 16» va «COSMO 23» tarif rejalarida ham amal qiladi.

O‘QING: Operatordan har kuni bonuslarga ega bo‘ling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!