Mobil operator yangi xizmat va 100 foizgacha chegirma e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  3224
  •  28.10.2020 13:36

Mobil operator yangi xizmat va 100 foizgacha chegirma e’lon qildi!

Avvalroq biz Mobiuz kompaniyasining ikkita – yangi aksiya xususidagi hamda bitta xizmatning arzonlashuvi haqidagi xabarlarini e’lon qilgan edik. Mazkur operator 27 oktyabr kuni o‘z abonentlari uchun yana ikkita qulaylik haqidagi yangiliklarini ulashdi.

O‘QING: Endi boshqa tarif rejasiga o‘tganda daqiqa, SMS va megabaytlaringiz kuymaydi!

Xushxabarlardan birinchisi – «Chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llashga kiritilishni taqiqlash» xizmatining joriy etilganligi haqida. Mobiuz tarmog‘idagi boshqa abonentlar tomonidan raqamingizga yanglishib boshqa manzilga yo‘llash o‘rnatilishini xohlamasangiz, ushbu xizmatdan foydalanishingiz mumkin.

«Chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llashga kiritilishni taqiqlash» xizmatini faollashtirish kodi – *111*004*1#, o‘chirish kodi – *111*004*0#, o‘rnatilganligini tekshirish kodi esa – *111*004#.

Mazkur xizmat pulli bo‘lib, narxi oyiga 1000 so‘mni tashkil etadi. Uning qolgan shartlari bilan batafsil tanishmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola orqali operator saytiga o‘ting.

O‘QING: Oyiga 20 ming megabaytlik «Talaba+» tarif rejasi ham chiqdi!

Mobiuz e’lon qilgan ikkinchi yangilik esa «Super qulay taklif» aksiyasining joriy etilishiga doir. Uning doirasida «Steel Light», «Steel» hamda «Bronze» toifalariga mansub bo‘lgan chiroyli raqamlarni chegirma bilan ulatish mumkin.

Bu aksiya faqat «Gap yo‘q», «Mobi 40», «Mobi 50», «Mobi 70», «Gap yo‘q Pro», «Mobi 90», «Mobi 110», «Mobi 150» tarif rejalariga ulanishda amal qiladi. Lekin chegirmalar shunga arziydi – ikkita toifadagi chiroyli raqamlarni BUTKUL BEPUL olish imkoni mavjud.

«Super qulay taklif» aksiyasi bo‘yicha ulangach, 6 oygacha tarif rejasini almashtirish imkoni bo‘lmaydi. Aksiyaning boshqa shartlari bilan batafsil tanishish uchun mana bu havola yordamida uning sahifasiga o‘tasiz.

O‘QING: Uyali aloqa kompaniyalari 1 noyabrdan yangicha yashay boshlaydilar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.