Mobil operatordan «BAHORGI ChEGIRMALAR» aksiyasi: 80 foizgacha tejang!

  •   DiMaX
  •  2308
  •  12.04.2021 17:41

Mobil operatordan «BAHORGI ChEGIRMALAR» aksiyasi: 80 foizgacha tejang!

«O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati avvalroq o‘zining Uzmobile uyali aloqa operatori tarmog‘iga ulanishni istovchilar uchun «BAHORGI ChEGIRMALAR» aksiyasini e’lon qildi. Uning doirasida «Chiroyli» raqamlarni qo‘lga kiritish uchun 80% gacha bo‘lgan ajoyib bahoriy chegirmalar taqdim etiladi.

O‘QING: Sakkizta tarif rejasida abonent to‘lovi oshmasdan, limitlar ko‘paydi!

Faqat joriy yilning bahorida UZTELECOM abonenti bo‘lishni istaganlar uchun ajoyib imtiyozlar bilan chiroyli raqamni qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud. 2021 yil 12 apreldan 12 maygacha bo‘lgan davr mobaynida GSM va CDMA tarmoqlari uchun qiymati 39.999.999 so‘mgacha bo‘lgan «Chiroyli» raqamlar uchun «BAHORGI ChEGIRMALAR» aksiyasini taqdim etiladi.

Shunday qilib, GSM tarmog‘ining mashhur va hamyonbop tarif rejalariga ulangan abonentlar uchun 50% dan 70% gacha chegirmalar taqdim etiladi:

- Street, OnLime, Flash, Royal, Ishbilarmon, Street Upgrade, Flash Upgrade tarif rejalariga yoki UNITS tariflar tizimi (jismoniy shaxslar uchun)

- Business 35, Business 50, Business 70, Ishbilarmon, Business Royal tarif rejalari (yuridik shaxslar uchun)

Belgilangan tariflardan biriga ulanib, Siz «Chiroyli» raqamni ajoyib chegirmali narxlarda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

O‘QING: Yana bir operatordan ikkita aksiya: tungi internetga chegirmalar hamda tarif almashtirishda bonus va sovg‘alar!

CDMA tarmog‘i doirasida esa aksiya Oddiy, Optimal, Ajoyib, Oddiy+, Optimal+, Ajoyib+ tarif rejalariga ulangan abonentlar uchun amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Bahorgi chegirmalar» aksiyasi doirasida chegirmalar «Ijaraga raqam» xizmati uchun qo‘llanilmaydi. Shuningdek, raqam jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun «Shartnomani qayta rasmiylashtirish» xizmati bundan mustasno.

«BAHORGI ChEGIRMALAR» aksiyasi shartlari bilan batafsil tanishishni istaganlar mana bu havola orqali UZTELECOM saytidagi tegishli sahifaga o‘tishlari mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom»dan ikkita xushxabar: eng foydali mobil tarifga ulanish va Wi-Fi router bepul!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!