Mobil operatordan bir qator aksiyalar muddati uzaytirildi

Mobil operatordan bir qator aksiyalar muddati uzaytirildi

mobiuz aloqa operatori o‘zining bir qator aksiyalari 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilgani haqida xabar bermoqda.

O‘QING: Milliy operatordan ajoyib aksiyani qarshi oling!

Aksiyalar qatoriga arzon narxda kunlik internet-to‘plamlar kiritilgan:

Kiritilgan trafik miqdori: Aksiya doirasidagi narx:
200 MB 2000 so‘m
300 MB 3000 so‘m
500 MB 4000 so‘m
1000 MB 5000 so‘m
2000 MB 9000 so‘m
3000 MB 12 000 so‘m
5000 MB 16 500 so‘m
10000 MB 25 000 so‘m

Shuningdek, cheksiz tungi internetga chegirmalar muddati ham uzaytirilgan:

«Mobi 40 tarifiga o‘ting» aksiyasi ham yil oxirigacha amal qiladi.

Aksiya shartlari:
Aksiyani o‘tkazish davrida abonentlar aksiyada ishtirok etuvchi tarif rejalaridan, Mobi 40 tarifiga o‘tganda, ikkinchi oy uchun abonent to‘loviga 50% chegirmaga ega bo‘lishadi.

Uchinchi va keyingi oylar uchun abonent to‘lovi to‘liq hajmda hisoblanadi.

Aksiya Mobi 30+, O‘qituvchi 2, Mobi 20, Mobi 25, Maktab, Chilla Lite, O‘qituvchi 1, Talaba, Omad Plus, Terminal+, Yengil va arxivdagi Optimal+, Mobi 30, Standart, Asosiy, Shodlik, Mini, Gap bor!, Terminal, Omad, Oson, Besh tarif rejalarining amaldagi abonentlari uchun amal qiladi.

Bundan tashqari, «Tourist SIM 90», «Tourist SIM 120» turistik tarif rejalariga ulanish imkoniyati ham uzaytirildi.

O‘QING: Operatordan gigabaytlab internet oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!