Mobil operatorlar jangi: Hindistonning Airtel kompaniyasi abonentlarga 90 kun bepul internet taqdim qiladi

Mobil operatorlar jangi: Hindistonning Airtel kompaniyasi abonentlarga 90 kun bepul internet taqdim qiladi

Hindistonning yirik mobil operatorlaridan bo‘lgan Airtel kompaniyasi o‘z abonentlariga 90 kun davomida tekin inernetdan foydalanish imkoniyatini taqdim qilmoqchi. Mijoz buning uchun 1494 rupiy (24 dollar) atrofida bir martalik abonent to‘lovini to‘lasa kifoya. Airtel 4G foydalanuvchilarini ko‘paytirish uchun ushbu tarifni joriy etgan.

Kompaniya Hindiston telekommunikatsiya bozorida kuni kecha paydo bo‘lgan va abonentlarga 90 kun davomida tekin internet taqdim qilgan Reliance Jio nomli mobil operatoriga qarshi kurashish maqsadida shunday qarorga kelgan. Avvalroq Airtel tarif rejalaridagi narxlarni 67%gacha tushirgan edi. Biroq bozordagi yangi raqobatchiga javob tariqasida abonentlarga 90 kun mobaynida tekin mobil internet taqdim qilishni maqsadga muvofiq, deb topgan.

Hozircha ushbu aksiya faqat Dehli shahrida amal qilmoqda. Tez orada mamlakatning boshqa hududlari ham qamrab olinishi rejalashtirilgan.