Mobil operatorning to‘lov xizmati O‘zbekistonda birinchi uchlikka kirdi!

  •   DiMaX
  •  1113
  •  29.07.2021 17:34

Mobil operatorning to‘lov xizmati O‘zbekistonda birinchi uchlikka kirdi!

Beepul to‘lov tizimi O‘zbekiston bozorida to‘lovlar va kartadan kartaga o‘tkazmalar soni bo‘yicha birinchi uchlikka kirdi. Bu haqda Beeline mobil aloqa operatori o‘zining Telegram-kanali orqali xabar bermoqda.

O‘QING: Bir megabayti atigi 1 so‘m 47 tiyinlik yangi internet-to‘plamni qarshi oling!

Bu – UZCARD tomonidan Spot.uz internet-nashrining talabiga binoan taqdim qilingan 2021 yilning I choragi yakunlari bo‘yicha respublika to‘lov xizmatlari operatsiyalari hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumot, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, kompaniya Beepul to‘lov xizmatining faqat bir nechta xususiyatlarini sanab o‘tgan:

  • Ilovadan ro‘yxatdan o‘tib, to‘lov amalga oshiring va 4G bonusga ega bo‘ling (4G tarmog‘ida 1 GB)!
  • Siz har bir to‘lov uchun Beep (bonuslar) olasiz!
  • To‘plangan Beep’larni o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun Internet-paketlar, daqiqalar va SMSlarga almashtirishingiz mumkin!
  • Kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni uyingizdan chiqmagan holda amalga oshirishingiz mumkin!
  • Beepul orqali kartadan kartaga pul o‘tkazmalar atigi 0,5%!
  • 30 000 so‘m va undan yuqori pul o‘tkazishda esa siz yoqimli bonusga ega bo‘lasiz!

Yuklab olish uchun *2# tering.

O‘QING: Kartadan-kartaga pul o‘tkazishning 50% arzon yo‘lini bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.