Mobil o‘yinlar tarixida misli ko‘rilmagan rekord! (+video)

  •   DiMaX
  •  5235
  •  09.10.2019 17:47

Mobil o‘yinlar tarixida misli ko‘rilmagan rekord! (+video)

PlayStation Blog versiyasiga ko‘ra, o‘tgan yili Call of Duty eng yaxshi tarmoq o‘yini, deb topilgan edi. Activision kompaniyasi ushbu dasturiy mahsulotining bepul mobil versiyasini yaqindagina chiqargan.

O‘QING: Mashhur pulli o‘yinni ikki xil konsolda o‘ynash vaqtincha bepul bo‘lyapti! (+video)

Call of Duty: Mobile deb nomlangan ushbu mobil o‘yin taqdim etilganidan keyingi bir hafta mobaynida 100 million martadan oshiq yuklab olindi. Bu bilan u Mario Kart Tour, Pokemon GO, Fortnite hamda PlayerUnknown's Battlegrounds (PUBG Mobile) kabilardan ancha oshib ketib, rekord o‘rnatdi! Niko Partners kompaniyasi katta tahlilchisi Daniel Ahmad ta’kidlashicha, Call of Duty: Mobile bo‘yicha yuqoridagi statistikaga hali Xitoydagi yuklab olishlar kiritilmagan.

Mazkur o‘yinning rasmiy taqdimot treylerini quyida ko‘rishingiz mumkin:

CNBC nashrining ta’kidlashicha, bir haftada 100 million marta o‘rnatib olinishi – mobil geyming tarixida misli ko‘rilmagan natija. Taqqoslash uchun: Pokemon GO va Mario Kart Tour ham shunday muddatda tegishlicha 85,5 hamda 90 million marta yuklab olingan. Shuningdek, bir haftada PUBG mobil versiyasi 28 million, Fortnite esa 26,3 million nafar geymer tomonidan o‘rnatib olingan.

O‘QING: Sony’ning saxiyligi tutdi: PS4 o‘yinlari endi barcha smartfonlarda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!