Mobil telefonlardan tarqalayotgan nur miya saratonini keltirib chiqarmas ekan

  •   Saroy
  •  2470
  •  10.08.2018 13:13

Mobil telefonlardan tarqalayotgan nur miya saratonini keltirib chiqarmas ekan

Mobil telefonda suhbatlashish va mikroto‘lqinli pechdan foydalanish miya o‘simtasini rivojlantirmaydi, deb xulosa chiqarishdi ispaniyalik bir guruh olimlar uzoq vaqt tadqiqot olib borgandan keyin. Shunday bo‘lsa ham, ular ushbu qurilmalardan tarqalayotgan elektromagnitli nurlanishning mutlaqo xavfsizligiga shubha bilan qarashmoqda.

Barselona instituti olimlari bir qancha tekshirishlar o‘tkazib, elektromagnitli nurlanish bilan miya saratoni o‘rtasida bog‘liklik topa olishmadi. Tadqiqot natijalari Environment International jurnalida e’lon qilindi.

Hozirda ko‘plab zamonaviy elektron qurilmalar, jumladan mikroto‘lqinli pechdan tortib mobil telefonlargacha Elektromagnitli nur taratadi. Aksariyat odamlar ushbu nurlanishdan qo‘rqishadi, chunki ular o‘ylashadiki, bu nurlanish miyada o‘simta paydo qiladi deb. Biroq yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aslida bunday emas.

O‘QING:Galaxy S8 ko‘z kataraktasiga sabab bo‘lishi mumkin

Aholining havotiri qisman asosga ega, chunki elektromagnit nurlanish ultrafiolet, rentgen va gamma-nurlanishni o‘zida jamlagan. Ular haqiqatan ham saraton kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Ammo so‘nggi paytlari bir necha kilogers atrofidagi kuchsiz elektromagnitli to‘lqinlar  odamlarni ko‘proq havotirga solmoqda. Yetti yil avval Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) tadqiqatlari asosida ularni kuchli konserogenlar ro‘yxatiga kiritishga qaror qilingan edi. Shunday bo‘lsada, ro‘yxatga qo‘shish bilan bog‘liq faktning o‘zi, elektromagnitli to‘lqin organizmga salbiy ta’sir qiladi degan xulosani keltirib chiqarmaydi.

Elektromagnit to‘lqinining miyaga ta’sirini o‘lchab ko‘rish anchayin muammoli ish. Chunki bugungi kunda bu kabi to‘lqinlar shundoq ham atrofimizni o‘rab olgan, bundan tashqari, miya saratoni nisbatan kam uchraydigan kasallik sanaladi. Shu bois o‘simtaning rivojlanishiga elektromagnitli nurlanish qay darajada ta’sir etishini baholash juda murakkab.

Hozirda mavjud ilmiy adabiyotlar asosida  tadqiqotchilar bir qancha toifadagi elektromagnitli to‘lqinni baholashning matritsasini ishlab chiqdilar. Ular  o‘ta uzundan o‘ta qisqa to‘lqinlargacha (3 kGs dan 10 MGs gacha) va  ultraqisqa (10 MGs dan 300 GGs gacha). Bunday uzun to‘lqinlarga odamlar ish joyida tez-tez duch keladilar.

O‘QING:Erkaklarni smartfon va Wi-Fi zararidan himoyalovchi ichki kiyim yaratildi

Shundan keyin ular matritsaga muvofiq miyaning boshlang‘ich saraton o‘simtasi  haqidagi ma’lumotlarni saralashdilar, buning uchun mobil qurilmalaridan foydalangan 4000 ta foydalanuvchilarni  5000 kishilik guruh bilan taqqoslashdi. Tadqiqotda yettita mamlakatdan ishtirok etgan va turli sohada, jumladan tibbiyot diagnostikasi, telekommunikatsiyasi va radiolokatsiyasida   faoliyat ko‘rsatayotgan kishilarning  ma’lumotlari hisobga olingandi.

«Bu,  bugunga kunda miya saratoni rivojlanishida elektromagnitli nurlanishning ta’siri bilan bog‘liq o‘tkazilgan eng yirik tadqiqot hisoblanadi», — deya ta’kidladi tadqiqot muallifi Elizabet Kardis.

Hisob kitoblar shuni ko‘rsatdiki,  nurlanish chastotasi bilan miya saratonining rivojlanishi o‘rtasida hech qanday aloqa yo‘q, ya’ni tadqiqot ishtirokchilari orasida qurilmalardan kuchli nur qabul qilgani kuzatilmadi.

Shunga qaramay, nurlanish zararli emasligini ishonch bilan aytishga hali erta. Barcha ishtirokchilardan faqat 10 foizi kuchli nurlanishga duchor bo‘lgan. Ular orasida miya o‘simtasining rivojlanish  xavfi ozgina bo‘rttirib ko‘rsatilgan.

«Garchi, biz qoniqarli korrelyasiyani topolmagan bo‘lsak-da, elektromagnitli nurlanishga boshqalarga nisbatan ko‘p duchor bo‘lgan guruhni ko‘zatar ekanmiz, bu kelgusida ham tadqiqotni davom etirishimizni taqazo etadi», — deya ta’kidlaydi tadqiqotchi Xaver Vila.

O‘QING:Smartfon radiatsiyasi sichqonda saratonni keltirib chiqardi, odamda-chi?

Mualliflar o‘z ishini taqdim qilar ekan, shuni alohida ta’kidlashayaptiki,  hozir havotirga tushishning keragi yo‘q, albatta, ammo baribir, bu muammoni aniqlashning yanada ishonchliroq va aniqroq usullarini topish lozim.

2018 yilda britaniyalik tadqiqotchilar taxmin qilishdiki, mobil telefonlaridan nurlanish o‘simtani rivojlantirishi mumkin. Keyingi 20 yilda bosh miya o‘simtaning multiformali glioblasti paydo bo‘lishi hollari ikki barobarga ortgan.  

Britaniyada keyingi 20 yil mobaynida olimlar xavfli miya o‘simtasining qariyb 80 mingta holatini tahlil qilib ko‘rdilar. Ularning aniqlashicha, agar 1995 yilda glioblast bilan  1250 kishi xastalangan  bo‘lsa, 2015 yilga kelib kasallik holatlari yiliga qariyb 3000 kishiga ko‘paygan.

Agar avval ushbu o‘simtadan  har 100 ming kishidan 2,4 kishi xastalangan bo‘lsa, hozirga kelib bu kasallik har 100 ming kishining beshtasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shunga qaramay, ushbu natijalar shunchaki tasodifiy o‘xshashlik bo‘lib chiqishi ham mumkin.

«Maqolada o‘simtalarning bir turi paydo bo‘lishi holatlari ortganiga dalillar ko‘rsatiladi. Biroq ilmiy ish ushbu kasallikning ortishiga aynan mobil qurilmalar sabab bo‘lganini isbotlamaydi, — deya ta’kidlaydi epidemiolog Lev Shaxab. Chunki tadqiqod davrida  mobil telefonlardan foydalanuvchi aholi soni o‘rtacha 15 foizdan 95 foizgacha ortgan, ammo bosh miya saratoniga chalinganlar soni bunday miqdorda ko‘paygani yo‘q. Bu shundan darak beradiki, mobil telefonidan foydalangan taqdirda ham miya saratoni rivojlanish ehtimoli juda kam».

O‘QING:Top-15: Radiatsiya nuri tarqatuvchi eng zararli smartfonlar (2018 yil, Mart)

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!