Mobil telefonning zararini kamaytirish usullari

Mobil telefonning zararini kamaytirish usullari

Hozirgi kunda mobil telefon inson salomatligi uchun zararlimi yoki zararsiz, degan savolga aniq javob yo‘q. Albatta, bu borada odamlar ikki toifaga ajraladi. Birinchisi mobil aloqa vositalarining zarari mavjud, deb hisoblovchilar, ikkinchi toifa esa buni inkor qiluvchilardir. Aslida  hamma narsaning haddan ziyodi odam uchun zarar ekani ko‘pchilikka ma’lum.

EMF-Healthsog‘liqni saqlash tashkiloti bu borda ilmiy tadqiqotlr olib borib, mobil aloqa vositalarining radiatsion ta’sirini kamaytirish bo‘yicha bir necha maslahatlarni belgilashdi. Shuni siz bilan baham ko‘rmoqchimiz:

1. Iloji boricha mobil telefondan kamroq foydalaning. Imkon qadar qisqa va tez gaplashing.

2. Bolalarga faqat favqulodda holatlardagina uyali aloqa vositalaridan foydalanishga ruxsat bering. Boshqa vaziyatlarda bunga yo‘l qo‘ymagan ma’qul.

3. Kabeli eshitish moslamalari(naushnik)dan foydalanish ham nisbatan xavfsiz usullar sirasiga kiradi.

4. Mobil telefoningizdan foydalanayotgan chog‘ingizda uni cho‘ntagingizga solmang, belingizga ham taqib olmang.

5. Kimgadir qo‘ng‘iroq qilayotgan chog‘da telefonni o‘sha odam bilan bog‘langaningizdan so‘ng qulog‘ingizga tutib, gaplashing.

6. Trolleybus, tramvay, avtobus va liftda uyali aloqa vositalaridan foydalanmang.

7. Signal darajasi juda past bo‘lgan (bir yoki ikta tayoqcha ko‘ringan) chog‘da qo‘ng‘iroq qilmang.

8. SAR darajasi nisbatan kam bo‘lgan telefondan foydalaning.

9. Elektroharakat kuchidan himoya qiluvchi qurilmalardan foydalaning.

10. Qo‘shimcha ilovalardan foydalanishni ham yo‘lga qo‘ying.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.