Mobiuz abonentlari va unga ulanmoqchi bo‘lganlar uchun ikkita xushxabar bor

  •   DiMaX
  •  2101
  •  03.04.2021 09:48

Mobiuz abonentlari va unga ulanmoqchi bo‘lganlar uchun ikkita xushxabar bor

Avvalroq Mobiuz uyali aloqa operatori kuni kecha birdaniga ikkita aksiya joriy etib, 23 maygacha internet xizmati va internet-to‘plamlar narxlarini tushirgan edi. Yaqinda esa u uchta tarif rejasi abonentlari uchun «Plyusda bo‘ling!» aksiyasini e’lon qilgan.

O‘QING: Operatordan yangi aksiya: har oyda beshta xizmat mutlaqo bepul!

Mazkur kompaniya keyingi kunlarda o‘z abonentlari uchun yaxshi yangiliklar ulashmoqda va shulardan biri«Mobi 30+» tarif rejasining joriy etilishidir. Unda oyiga atigi 30 000 so‘m evaziga quyidagi limitlar beriladi: butun O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun 1000 daqiqa, 1000 SMS-xabar va 5000 megabayt internet-trafik.

«Mobi 30+» tarif rejasida abonent to‘lovini kunlik yechib olish tartibiga o‘tish imkoni ham mavjud. Uning shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Abonentlarning eng dolzarb yuzta savoliga operator rahbariyati javob berdi

Ikkinchi xushxabar esa Mobiuz tarmog‘iga endi ulanmoqchi bo‘lgan, lekin tarif tanlashda ikkilanayotgan yurtdoshlarimizga ham ma’qul keladi. Esingizda bo‘lsa, bu operator abonent to‘lovi 8000 so‘mni tashkil etuvchi «Yengil» nomli tarif rejasini ishga tushirgan edi.

Kompaniya o‘zining Facebook-sahifasida e’lon qilishicha, mazkur tarifga ulanish muddati uzaytirilgan. Xohlovchilar endi «Yengil» tarif rejasiga shu yilning iyun oyi oxirina qadar ulanishlari mumkin.

«Yengil» tarif rejasiga boshqa tariflardan o‘tish imkoni yo‘q, unga faqat yangidan ulansa bo‘ladi. Bu tarifning barcha shartlari bilan batafsil tanishish uchun mazkur havola orqali Mobiuz saytiga o‘tasiz.

O‘QING: Operator bepul kiriladigan saytlar ro‘yxatini kengaytirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!